Binance kompaniyasi rahbari Riçard Teng kriptobirjaga uyuştirilgan hakerlik hujumidan söng kompaniya rahbariyati turli mamlakatlarning huquqni muhofaza qiluvçi organlari bilan hamkorlik qilayotganini maʼlum qildi.
«Işonçingiz komil bölsin: biz bu muammoni hal qiliş, foydalanuvçilarning yöqotişlarini qoplaş va işonçingizni oqlaş uçun keçayu kunduz işlayapmiz. Taʼkidlab ötmoqçimanki, hakerlik hujumi oqibatida yuzaga kelgan barça zararlarni kompaniya mablağlari hisobidan qoplaş majburiyatini olamiz. Aktivlaringiz xavfsizlikda», - dedi Teng.
Reuters agentligining xabar berişiça, Binance'ga uyuştirilgan xakerlik hujumi böyiça tergov işlarida FQB ham iştirok etmoqda. Byuro voqeadan xabardor ekanini va «hodisa kölamini aniqlaş maqsadida tegişli davlat hamda xususiy hamkorlar bilan hamkorlik qilayotganini» maʼlum qildi. Bundan taşqari, tergovga AQŞ Maxfiy xizmati ham qöşilgan.
Binance'ga hakerlik hujumi uyuştirilgani 30-oktabr kuni maʼlum böldi. Platformaning maʼlum qilişiça, hodisa oqibatidagi umumiy zarar taxminan 6,3 milliard dollarni taşkil etadi.
Dastlabki maʼlumotlarga köra, platformaga hujum DevOps muhandislaridan birining noutbukidagi maxfiy maʼlumotlar sizib çiqişi oqibatida sodir bölgan. Bu esa hakerlarga xizmat körsatiş tizimlariga kiriş va mablağlarni çiqarib oliş imkonini bergan.

















