Ijtimoiy tarmoqlarda Sergeli maşina bozori yaqinida yuk maşinalari yonayotgani tasvirlangan video tarqaldi. Toşkent şahar FVB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinişiça, bugun soat 11:49 da Toşkent şahar FVBga Sergeli tumani 6a-dahasida oçiq maydonda yonğin bölayotgani töğrisida xabar kelib tuşgan. Şunga köra, 2 ta yonğin-qutqaruv ekipaji soat 11:43 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 11:55da öçirilgan.

Sodir bölgan yonğin natijasida oçiq maydonda quruq öt va şox-şabba hamda 1 ta nosoz holda turgan yuk avtomobili yonib zararlangan. 

Qayd etilişiça, hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bölganlar töğrisida ma’lumot kelib tuşmagan.