Turkmaniston «Darvoza» krateridagi metan çiqindilarni kamaytiriş böyiça katta muvaffaqiyatga erişdi. Bu haqda «Turkmengaz» davlat konsernining Tabiiy gaz ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya rahbari Irina Luriyeva ma’lum qildi. 

Xalq orasida «Jahannam darvozasi» deb nomlangan kraterda 53 yil oldin kuçli yonğin boşlangan va uni hanuzgaça öçiriş yöli topilmagan. 

Luriyeva sözlariga köra, ilmiy-tadqiqot institutida işlab çiqilgan öçiriş usuli kraterga gaz oqimini kamaytirişdan iborat. 

«Natijada bu usul krater tomon harakatlanadigan gaz oqimining kamayib borişiga sabab böladi. Biz bu gazning hammasini tortib olamiz, gaz mavjud zaxira quduqlariga yönaltiriladi», dedi u. 

U kraterni töliq öçiriş uçun qança vaqt ketişiga aniqlik kiritmadi, ammo bu usul allaqaçon kraterdan çiqayotgan metan çiqindilarini «sezilarli darajada» kamaytirişga imkon berganini aytdi. 

Tadqiqot instituti olimlari yonayotgan kraterni öçirişning yagona yöli gaz olinadigan kon yaqinida quduq burğulaş degan xulosaga kelgan. 

Aşxoboddan 266 km uzoqlikda joylaşgan Qoraqum çölidagi gaz krateri 1971 yilda razvedka konining qulaşi oqibatida paydo bölgan. Keyinçalik, diametri 60 m va çuqurligi 20 m bölgan çuqur xalq orasida «Jahannam darvozasi» nomini oldi. Krater ostidagi ğordan çiqadigan va gaz yonişi natijasida paydo bölgan olov ustunlari balandligi 15 metrga yetişi mumkin. 

2022 yilda Turkmaniston sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov hukumatdan muammoga yeçim topişni talab qilgan edi. Uning sözlariga köra, gazning yonişi atrof-muhitga va yaqin atrofda yaşovçi aholi salomatligiga salbiy ta’sir körsatmoqda.