Hukumatning “Vazirlar Mahkamasining “Şaharsozlik faoliyatida ruxsat beriş tartib-taomillarini takomillaştirişga qaratilgan hukumat ayrim qarorlariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş, şuningdek, ba’zilarini öz kuçini yöqotgan deb hisoblaş töğrisida”gi qaroriga özgartiriş kiritiş haqida”gi qarori qabul qilindi.
Muqaddam 2024 yil 1 apreldan Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspeksiyasidan röyxatdan ötmagan holda qurilgan bino va inşootlardan foydalaniş uçun ruxsatnoma berilmasligi belgilangan edi.
Mazkur normaga kiritilayotgan özgartirişlarga köra, obektlarning loyihalarini belgilangan tartibda kelişmasdan va hududiy inspeksiyalar röyxatidan ötkazmasdan quriliş-montaj işlari bajarilgan (qisman yoki töliq) bino va inşootlar böyiça instrumental texnik tekşiruv xulosasini olgan holda, tegişli hujjatlarni rasmiylaştiriş va hududiy inspeksiyalar röyxatidan ötkaziş hamda şu asosda foydalanişga ruxsat beriş işlari 2024 yil 31 dekabrdan töxtatiladi.












