Germaniya hukumati YeIning Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar paketi böyiça muzokaralarini keçiktirmoqda, u G7 sammiti boşlanişiga qadar tasdiqlanişi kerak edi. Bu haqda 13 iyun, payşanba kuni mustaqil ravişda dpa va AFP agentliklari Bryusseldagi diplomatlarga tayanib xabar berdi. Yangi paket Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli hujumi uçun joriy qilingan mavjud çeklovlarni çetlab ötişiga yöl qöymaslik maqsadida işlab çiqilgan.
Dpa manbasi: Germaniya - «yangi Vengriya»
Dpa suhbatdoşlariga köra, Germaniyaning ikkilanişi va hujjat matniga özgartiriş kiritiş haqidagi iltimoslari Rossiyaga qarşi sönggi sanksiyalar paketini «keçiktirişning hal qiluvçi omilidir». «Sönggi paytlarda Germaniya bu - yangi Vengriya degan fikr paydo böldi», dedi diplomatlardan biri. U Viktor Orban hukumati Rossiya Federatsiyasiga qarşi Yevropa sanksiyalarini qabul qiliş va Ukrainaga yordam körsatişni bir neça bor tösib qöyganini nazarda tutgan.
Germaniyaning Yevropa Ittifoqidagi doimiy vakolatxonasi vakili dpa agentligiga muzokaralar maxfiy ötganini aytib, ular haqida izoh berişdan boş tortdi.
Berlin nemis kompaniyalari uçun javobgarlikdan xavotirda
Dpa suhbatdoşlariga köra, Berlin asosan Rossiya Federatsiyasiga qarşi mavjud sanksiyalarni çetlab ötişni murakkablaştirişga qaratilgan çora-tadbirlarni tasdiqlaşga tösqinlik qilmoqda. Xususan, Germaniya ayrim tovarlarga nisbatan sanksiyalar buzilgan taqdirda şu’ba korxonalarni javobgarlikka tortiş töğrisidagi bandni çeklaş yoki hatto yöq qilişga çaqirmoqda, çunki aks holda «nemis kompaniyalari javobgarlikka tortilişi mumkin», deya ta’kidlaydi dpa.
Germaniya hukumati, şuningdek, ba’zi hisobot talablarini keraksiz deb hisoblaydi va SWIFT’ning rusça analogi bölgan Moliyaviy xabarlarni uzatiş tizimidan (MXUT) foydalanişni çeklovçi çoralarni zaiflaştiriş tarafdori.
YeIning yangi sanksiyalar paketi
Yevropa Ittifoqining yangi sanksiyalari Ukrainaga qarşi uruşda qöllangan qurollarni işlab çiqariş uçun Ğarb texnologiyalarini import qilişda davom etayotgan Rossiyaning mavjud çeklovlarni çetlab ötişini qiyinlaştirişga qaratilgan. Bundan taşqari, YeI birinçi marta Rossiyaning suyultirilgan tabiiy gaz (STG) sanoatiga nisbatan qattiq sanksiyalar joriy etişni rejalaştirmoqda. Xususan, Bryussel Rossiya Federatsiyasiga STGni uçinçi mamlakatlarga taşiş uçun portlardan foydalanişni taqiqlaşni rejalaştirmoqda.












