16 iyun kuni S guruhidagi ikki uçraşuv hamda D guruhida bir öyin bölib ötdi. Turnirning uçinçi kunida maydon taşqarisida ham voqealar köp böldi. Kimlar pley-offga yaqinlaşdi, kimlarda muammolar yuzaga keldi? Quyida şu haqda.

D guruhi

Çökiç + Molotov kokteyli = otişma va şifoxona

Polşa va Niderlandiya uçraşuvidan oldin aql bovar qilmas hodisa röy berdi. Hamburgda çökiç (!) va yonuvçi suyuqlik solingan butilka kötargan şaxs niderlandiyalik muxlislar orasiga yorib kirişga urindi. Uni zarbani öziga qabul qilgan politsiyaçilar töxtatişdi. Uşbu muxlisni alohidalaşga urinişdi, u esa huquq-tartibot organlari xodimlariga taşlanib qoldi. Natijada uni otib taşlaşga töğri keldi va jinoyatçi jarohatlangan holda şifoxonaga olib ketildi.

Veghorst yana xaloskor rolida

Polşa – Niderlandiya - 1:2
Gollar: 1:0 – 16 Buksa, 1:1 – 29 Gakpo, 1:2 – 83 Veghorst.
Polşa – Şçensni, Salamon (Bereşinski, 86), Bednarek, Kiver, Frankovski, Zalevski, Zelinski (Petrovski, 78), Romançuk (Sliş, 55), Şimanski (Moder, 46), Urbanski (Sviderski, 55), Buksa.
Niderlandiya – Verbryuggen, Dumfris, de Vrey, van Deyk, Ake (van de Ven, 87), Şauten, Verman (Veynaldum, 62), Reynders, Simons (Malen, 62), Gakpo (Frimpong, 81), Depay (Veghorst, 81).

Turnir arafasida qator yöqotişlarga uçragan Polşa Niderlandiya uçun oson raqib bölişi kutilayotgandi. Ammo öyinda hisobni 16-daqiqadayoq aynan polşaliklar oçişdi, Adam Buksa Zelinskining olis ustun tomon uzatmasini golga aylantirdi. Öyinning birinçi bölimida niderlandlar zarbalar böyiça 14–4 hisobida ustunlikka erişdi, ammo öyinning eng faol futbolçisi Kodi Gakpo özining vaziyatlarining faqat bittasidan foydalana oldi. 

Ronald Kuman jamoasi Vaut Veghorst tufayli kambek amalga oşirdi – u «töqsariqranglilar»ni 2022 yilgi jahon çempionati yarimfinalida Argentina bilan öyinda ham 0:2 hisobidan olib çiqqandi. Bu safar ham ulkan gavdali hujumçi zaxiradan öyinga qöşildi va töpga birinçi teginişdayoq Voysex Şçensni darvozasini işğol etdi. 

Polşa ham öyin oxirida faollaşdi, ammo javob qaytarişning imkoni bölmadi. Jamoa safida Robert Levandovski baribir maydonga tuşmadi. U keyingi turda Fransiya bilan öyinda qatnaşişi mumkin. Niderlandiya esa bu turnirda ham uzoqqa bora olişini körsatdi.

S guruhi

Daniya kutilmaganda Sloveniya ustidan ğalabani boy berdi

Sloveniya – Daniya 1:1
Gollar: 0:1 – 17 Eriksen, 1:1 – 77 Yanja.
Sloveniya – Oblak, Stoyanoviç (Verbiç, 67), Karniçnik, Drkuşiç, Biyol, Yanja, Gnezda-Çerin, Elşnik (Gorens-Stankoviç, 76), Şporar, Şeşko, Mlakar (Tselar, 75).
Daniya – Şmeyhel, Ba, Vestergor, Kristensen, Andersen, Kristiansen (Mele, 78), Eriksen, Heyberg (Nergor, 84), Yulmand (Dileyni, 89), Vind (Dolberg, 83), Hoylund (Poulsen, 83).

Turnirda ilk durang qayd etildi. Va bu kutilmaganda röy berdi. Oldingi turnir sovrindorlari bölgan daniyaliklar Sloveniya bilan uçraşuv favoriti edi, ammo faqat bitta gol urişdi – şu tufayli hisob öyin oxiriga qadar qaltis bölib turdi. Sloveniyaliklar esa ikkinçi bölimga butunlay boşqaça ruhda tuşişdi: jamoa oldinga öta boşladi, taşabbusni qölga oldi va öz kuçi bilan muvozanatni tikladi. Qiziği, yakunda ular ğalabani ilib ketişi ham mumkin edi. Roppa-rosa 1100 kun muqaddam, Yevro-2020 öyinida ölim yoqasidan qaytgan Kristian Eriksen urgan gol esa Daniyaga faqat bir oçko keltirdi. Odatda bunday voqealar jamoaga qöşimça iştiyoq bağişlaşi kerak edi, ammo bu safar bunday bölmadi.

Gelzenkirhenda qonli töqnaşuv

Serbiya va Angliya uçraşuvi arafasida uşbu jamoalar muxlislari Gelzenkirhenning markaziy köçalaridan birida özaro muştlaşdi. Britaniya mediasi töqnaşuv ehtimoli haqida yozgandi va bu röy berdi. Barçasi barda boşlangan, ammo mojaro kölami tezda kengaygan va köçada ikki tomon bir-biriga qöliga ilingan buyumlarni – stol va stullarni ota boşlagan. Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan fotosuratlarga köra, qon ham tökilgan. Angliya naşrlari «qora balaklavalarda burçaklardan çiqib kelgan» serblar birinçi bölib hujum qilişgani, şundan keyin har tomonga stullar va butilkalar uça boşlagani haqida yozgan. Voqea joyiga tartibsizlikni töxtatiş uçun 200 nafar politsiyaçi yetib kelgan. Angliyaliklardan biri Mirror uçun intervyusida barçasi «yöq joydan boşlangani»ni aytgan.

Bungaça serblar albanlar bilan ham töqnaşgandi. Ularning öttiz kişilik (ular ham qora niqoblarda bölgan) guruhi pabda hujum uyuştirgan. Tajribali fanatlarning sözlariga köra, hujum oldindan rejalaştirilgan bölgan: çunki ultras birinçi duç kelgan guruhga şunçaki hujum boşlamaydi.

Angliya öz uslubida

Serbiya – Angliya 0:1
Gol: 0:1 – 13 Bellinghem.
Serbiya – Raykoviç, Velkoviç, Milenkoviç, Pavloviç, Kostiç (Mladenoviç, 43), Gudel (Iliç, 46), Milinkoviç-Saviç, Lukiç (Yoviç, 61), Jivkoviç (Birmançeviç, 74), Mitroviç (Tadiç, 61), Vlahoviç.
Angliya – Pikford, Uoker, Stounz, Gehi, Trippiyer, Aleksander-Arnold (Gallaher, 69), Rays, Foden, Bellinghem (Maynu, 86), Saka (Bouen, 76), Keyn.

Angliya şubhasiz favorit edi. Oldingi Yevro finalçisi hamon öz tarixida ilk bor qit’aning asosiy turnirida ğolib bölişni orzu qilmoqda va Garet Sautgeyt navbatdagi marta yirik turnirga top-tarkib bilan kelmoqda. Lekin tarkibda hali ham barçasi oxirigaça aniq emas: hujumning öng qanotida Palmer, maydon markazida — Gallaher yoki Maynu tuşişi ham mumkin edi. Ammo Sautgeyt bu pozitsiyalar uçun ehtimoli yuqori variantlarni tanladi: Saka özining öng qanotida çiqdi, Aleksander-Arnold maydon markazida Rays bilan juftlik hosil qildi. Ularning ikkisi ham tanaffusga qadar muhim rol öynaşdi.

Öyin kutilganidek boşlandi. Angliya töpga egalik qildi, uni sabr bilan olib yurdi va serblarning uç markaziy himoyaçidan iborat tiğiz sxemasida böşliqlar paydo bölişini kutişdi. 13-daqiqada esa birinçi jiddiy hujum gol bilan yakunlandi: Saka oşirib berdi, Bellinghem havoda töp uçun kuraşda ustun kelib, Yevropa çempionatlaridagi ilk golini urdi.

Angliya tanaffus ikkinçi golni ham urişi va öyin masalasini tanaffusga qadar hal qilib qöyişi mumkin edi. Ammo Sautgeyt jamoa boşqaruvidagi sakkiz yili davomida keraksiz vaqtda tempni tuşirib yuborişi uçun tanqid qilinadi. Bu safar ham şunday böldi: Angliya tinçlandi va Serbiyada vaziyatlar paydo böla boşladi: 20-daqiqada Trent öz jamoasi jarima maydoni yaqinida xato qildi, Mitroviç yaqin burçakni nişonga oldi — töp biroz xato ketdi. Köp ötmay Aleksander-Arnold xatosini yuvib, maydon markazida raqibdan töpni olib qöydi va Uokerni oldinga taşladi — Kayl vaziyatdan foydalana olmadi.

Birinçi bölim oxirida Kostiç jarohat olib, 43-daqiqada uning örniga Mladenoviç tuşdi. Va serblar himoyaçisi tanaffusga qadar töpga töqqiz marta tegindi. Bu nima uçun muhim? Şuning uçunki, Angliya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxşi töpurar Harri Keyn birinçi bölimdagi 45 daqiqa davomida töpga atigi ikki bor tegingan va bu borada hatto bir neça daqiqa öynagan Mladenoviçdan ham ortda qolgan. Inglizlar sardori amalda öyindan butunlay uzilib qoldi, lekin raqiblar uni qöriqlaşga e’tibor qaratganida Bellinghem hisobni oçdi.

Ikkinçi bölim serblarning butun maydon böylab kuçli pressing uyuştirişi bilan boşlandi — ular bor kuçi bilan öynaşga qaror qildi va inglizlarni ularning jarima maydoni atrofida qarşi ola boşladi. Britaniyaliklar buni kutmagan bölişi mumkin, lekin tayyor edi: «Mançester Siti», «Arsenal», «Liverpul» APLning boşqa klublari futbolçilari bosim ostida öynaşga könikkan, şu tufayli uni katta qiyinçiliksiz yengib çiqa boşladi. Ammo hujumda işlar öxşamadi.

Angliya oldinda haddan taşqari passivlik qildi — xuddi raqib Germaniya yoki Ispaniya bölib, qöşimça bölimlar kelişini kutayotgandek. Ammo maydonning narigi tomonida har bir çiziq böyiça britanlardan ortda turadigan Serbiya futbolçilari edi.

Va bolqonliklar ham öynaşga qöyib berilganidan foydalana olmadi. Serbiya mudofaada deyarli ideal harakat qildi, ammo hujumda heç narsaga erişa olmadi. Faqat öyin oxirida serblar uzoqdan gol urişga harakat qilişdi va vaziyatlardan birida Pikford özini körsatişiga töğri keldi, ammo bu urinişlar durang uçun ham yetarli bölmadi.

Sautgeyt esa xuddi bolqonliklar ustidan ham, muxlislar ustidan ham kulgandek taassurot uyğotdi. U Gelzenkirhenga yiğilgan muxlislarning huştakbozliklarini eşitmaganga oldi va öyinni özgartirmadi. Murabbiylar ştabi faqat mudofaa maqsadida öyinçi almaştirişlar amalga oşirdi va 1:0 hisobini uşlab turişga e’tibor qaratdi. 

Ammo ğoliblar tanqid qilinmaydi. Turnir favoritlaridan biri zerikarli öynab bölsa ham, kuç tejab uç oçkoni qölga kiritdi va oldinga yurişda davom etadi. Endi inglizlar keyingi turda Daniyani yengib, muddatidan oldin guruh masalasini hal qilişi mumkin. Serbiya esa Sloveniya bilan öyindagi ğalaba orqali öz imkoniyatini yaxşilab olsa böladi, inglizlarga qarşi öyindagi minimal hisob jamoaga tur öyinlari yakunida qöl kelişi ham mumkin.

S guruhida 2-tur öyinlari

Sloveniya — Serbiya, 20 iyun, 18:00.
Daniya — Angliya, 20 iyun, 21:00.