2026 yilgi futbol böyiça jahon çempionatining ikkinçi yarimfinalida Angliya va Argentina terma jamoalari özaro töqnaş keldi. 

Bahsning birinçi goli 55-daqiqada Angliya hujumçisi Entoni Gordon tomonidan kiritildi. Argentina 85-daqiqada Enso Fernandesning aniq zarbasi evaziga muvozanatni tikladi. Öyinning 90+2-daqiqasida maydonga zaxiradan tuşgan Lautaro Martines ğalaba golini urib, argentinaliklarga 2:1 hisobidagi irodali ğalabani taqdim etdi. 

Şu tariqa, Argentina ketma-ket ikkinçi bor jahon çempionati finaliga yöl oldi. Hal qiluvçi bahsda Janubiy Amerika vakillari Ispaniyaga qarşi maydonga tuşadi. Angliya esa 3-örin uçun Fransiya bilan bahs olib boradi. 

Jahon çempionati–2026, yarimfinal
Angliya – Argentina 1:2
Gollar: Gordon (55) — Fernandes (86), Lautaro Martines (90+2).
Angliya: Pikford, Jyeyms (83, Byorn), Stounz (90+6, Tauni), Geyi, Spens (90+6, Reşford), Rays (83, ÖRayli), Anderson, Rodjyers, Bellinghem, Gordon (72, Konsa), Keyn.
Argentina: Martines, Molina (73, Montel), Romero, Martines (73, Otamendi), Talyafiko (81, Lautaro Martines), Paredes (64, Gonsales), Simeone (73, De Paul), Fernandes, Mak-Allister, Alvares, Messi.
Ogohlantirişlar: Anderson (37) — Martines (42), Romero (51), De Paul (90+4).