Kilian Mbappe faoliyatidagi ikkinçi Yevropa çempionatiga taşrif buyurdi, ammo fransuz forvardi hozirça uşbu turnirda özini körsata olmayapti. Jahon çempionatlarida 14 öyinda 12 gol urganiga qaramay, Kilian qit’a birinçiligida hali birorta gol ura olmagan. Bu safargi Yevro ham Mbappe uçun köngildagidek boşlanmadi: u Avstriya bilan öyinda yaxşi iştirok etdi (1:0) va öyindagi yagona gol uning uzatmasidan keyin urildi, ammo uning özi yana gol urolmadi. Qolaversa, öyin oxirida yoqimsiz tarzda jarohat oldi — uning burni sindi. Endi uning turnirdagi iştiroki savol ostida qolmoqda.
Kilian 89-daqiqada raqib jarima maydoni içida ikkinçi qavatdagi töp uçun kuraş vaqtida jarohatlandi: u burçakdan uzatilgan töpga zarba berişga uringanida himoyaçi Kevin Danso bilan töqnaşdi. Baxtsiz tasodif — bu vaziyatda avstriyalik futbolçi fol işlatmagan, hujumçining özi yuzi bilan uning yelkasiga borib urilgandi. Uning burni singanini darhol payqaş mumkin edi: Mbappening burni paçoq bölgan va undan qon oqa boşlagandi. 90-daqiqada uning örniga Olive Jiru maydonga tuşirildi.

Fransuz futbolçisi darhol Dyusseldorfdagi şifoxonaga olib ketilgan. Endi Fransiya milliy jamoasi boş murabbiyi Dide Deşamning turnir uçun rejalari özgarib ketişi mumkin. Mbappe öyinlarda maxsus himoya niqobi taqqan holda öynaşga tayyorligi ham aytilmoqda. Fransuzlarning RMC Sport naşriga köra, u Niderlandiyaga qarşi ikki kun ötib ötkaziladigan öyinni, şuningdek, agar «uçranglilar» ikkinçi turdan keyin pley-off yöllanmasini hal qilişsa, guruh bosqiçida Polşaga qarşi keçadigan oxirgi turni ham ötkazib yuboradi. «Real» hujumçisi 1/8 finalda maydonga qaytişi mumkin.
«Yaqin kunlar içida u şoşilinç jarrohlik amaliyotisiz davolaniş kursini ötaydi. Fransiya milliy jamoasining 10-raqami egasi davolanişga ketadigan ma’lum davrdan keyin maydonga qaytişi uçun maxsus niqob tayyorlanadi», — deyilgan Fransiya futbol federatsiyasi tarqatgan press-relizda.
Hozirça Kilian bunday jarohat bilan hatto himoya niqobida ham qanday öynaşi haqida aniq gap aytib bölmaydi. Siniş jarohati öz ta’sirini körsatmasdan qolmaydi — şiş tufayli uning nafas olişi qiyinlaşadi.
«Bunday holatlarda himoya niqobi bilan öynaş mumkin. Ammo burun atrofidagi şiş nafas olişni qiyinlaştirişini ham hisobga oliş kerak. Yuqori darajadagi sportçilar oğiz bilan ham, burun bilan ham nafas olişadi. Siniş holatida şilliq qavatlarda suv töplanib, nafas olişni qiyinlaştiradi. Şiş 10-15 kunda yöqolişi mumkin, uyoği futbolçining şaxsiy qaroriga boğliq. U tavakkalçilik qilişi va şişni kortikosteroidlar bilan kamaytirişi ham mumkin, ammo bu futbolçining körsatkiçlariga ta’sir qilişi aniq», deb hisoblaydi plastik jarroh Mişel Benoylid.










