15-sentabr kuni keçqurun Ispaniya La Ligasi 6-turi doirasida navbatdagi uçraşuv ötkazildi – «Elçe» Madridning «Real» klubini qabul qildi. Maydonga çiqişdan oldin futbolçilarga köksiga Todos somos caballas, yaʼni «Barçamiz – skumbriyalarmiz» (Seuta aholisi özini şunday ataydi) yozuvi tuşirilgan futbolkalar tarqatildi. Bu aksiyadan maqsad – Ispaniyaning Marokaşdan kelgan migrantlar oqimi sababli keng kölamli inqiroz bilan töqnaşgan eksklavi aholisini qöllab-quvvatlaş edi.
Öyindan oldin futbolçilar çiqib keladigan tunnelda yozib olingan tasvirlarga köra, «Real» futbolçilari avvaliga bunday futbolkalarni kiyiş borasida bir qarorga kela olmagan – raqib futbolçilari töliq tarkibda şunday futbolkalarda saf tortib turganida, madridliklar hali ham bu masalani muhokama qilayotgandi. Joze Mourinio bunga istehzo bilan munosabat bildiradi va boşini çayqagança nari ketadi. «Real» texnik xodimi futbolkalarni tarqatişga kirişganida esa Kilian Mbappe uni turtib yuborib, haydamoqçi böladi. Vinisius ham oğzini qöllari bilan yopgança Kamavinga bilan bu masalani muhokama qiladi.
Yakunda jamoa sardori Fede Valverde vaziyatga aralaşib, barçani bu işni qilişga köndiradi va barça futbolkalarni kiygan holda maydonga çiqib keladi. Ammo uç futbolçi – Kilian Mbappe, Vinisius (ular eng oxirgi bölib kiyişgan) va Ibraima Konate yozuvlar töliq körinmasligi uçun futbolkalarni faqat yarmigaça kiygandi va buni oxirigaça töğrilaşmaydi. Mbappe va Vinisius fotosessiyadan keyin darhol futbolkalarni yeçib taşlaşgan.

Öyindan keyin Mbappedan bu borada izoh söralganida, u nafaqat Seuta aholisi, balki halok bölgan yoki dahşatli şaroitlarda yaşaşga majbur bölayotgan migrantlar bilan ham birdamligini aytgan. «Men Seuta va barça qurbonlar bilan birdamligimni izhor etaman […] Çunki men nafaqat futbolçi, avvalo insonman», – degan «Real» hujumçisi.
Goal.com naşri anonim manbalarga tayanib yozişiça, bunday yozuvli futbolkalar Ispaniya ligalaridagi barça klublarga tarqatilgan – bu futbolkalarni kiygan holda maydonga çiqiş qarori klublarning öziga qoldirilgan. Xususan, «Barselona» avvaliga şu tur doirasida «Rasing»ga qarşi keçgan öyinda Seuta aholisini qöllab-quvvatlaş uçun futbolkalarni kiyib çiqmoqçi bölgan, ammo özining asosiy yulduzi Lamin Yamalning ehtimoliy reaksiyasini hisobga olgan holda, fikrini özgartirgan. Uning otasi – marokaşlik, Yamal ham Marokaş milliy jamoasi safida öynaşi mumkin edi, ammo yakunda Ispaniyani tanlagan.
Mbappe, Konate va Vinisiusning xatti-harakatlari Ispaniya va Fransiyada siyosatçilar tomonidan katta eʼtirozlarga sabab böldi. Konservativ va öta öng partiyalar futbolçilarning harakatlarini ispan xalqi va umuman Yevropaga nisbatan hurmatsizlik sifatida baholab, ularni tanqid qildi. Bundan taşqari, öng qanotga mansub bölgan muxlislar, jumladan, «Real»ning ham şunday muxlislari guruhi futbolçilardan uzr söraşni talab qilmoqda.

















