Bugun, 21 iyun kuni Vazirlar Mahkamasida prezident Şavkat Mirziyoyevning tegişli qarorlariga asosan, lavozimlarga tayinlangan va tasdiqlagan bir qator nomzodlar boş vazir Abdulla Aripov tomonidan hukumat a’zolariga taniştirildi.
Xususan:
- Abduvaqqos Vohidoviç Rafiqov Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qömitasi raisi;
- Azim Isroiloviç Ahmadxöjayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energiyasi agentligi direktori;
- Olimjon Muhammadjonoviç Umarov Raqamli texnologiyalar vazirining birinçi örinbosari;
- Jamşid Yunusoviç Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Şu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining tegişli qaroriga asosan, Amriddin Nasriddinoviç Abdurahmonov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yöllari qömitasi raisining yöl xöjaligi sohasiga ilğor xorijiy tajribalarni tatbiq etiş va raqamlaştiriş masalalari böyiça örinbosari lavozimiga tayinlangani ma’lum qilindi.








