Moldova prezidenti Mayya Sandu mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi böyiça muzokaralarni boşlaş haqidagi farmonni imzoladi. 21 iyun, juma kuni u X ijtimoiy tarmoğidagi özining mikroblogida: «Yevropa Ittifoqiga a’zolik tinçlik, farovonlik va barça fuqarolar uçun yaxşi hayot yölimizdir» deb yozdi.
«Moldova Respublikasi Yevrokomissiyaning barça tavsiyalarini bajardi. Şunday qilib, nomzod davlat maqomini olganidan keyin ikki yil ötib, 25 iyun kuni a’zo böliş böyiça muzokaralarga start beruvçi birinçi Moldova-Yevropa Ittifoqi hukumatlararo konferensiyasi bölib ötadi. Mamlakatni modernizatsiya qiliş böyiça sa’y-harakatlar ortida davlat muassasalaridagi minglab odamlar turibdi va ularning har biri mamlakatimizni 2030 yilgaça Yevropa Ittifoqiga a’zolikka tayyorlaş maqsadiga erişişda hal qiluvçi ta’sir körsatmoqda», — dedi Sandu Yevropa integratsiyasi böyiça milliy komissiya majlisi yakunida.
Prezidentning sözlariga köra, yiğilişda hukumat tomonidan tasdiqlanadigan umumiy muzokaralar pozitsiyasi tasdiqlangan. Boş vazirning Yevropa integratsiyasi böyiça örinbosari Kristina Gerasimova Moldovadan YeI bilan boş muzokaraçi etib tayinlandi. Mayya Sanduning qöşimça qilişiça, kuzda bölib ötadigan referendumda Moldova xalqi Yevropa Ittifoqiga qöşiliş «mamlakat taraqqiyoti vektori va kelajak avlodlar uçun qoldiradigan meros» ekanligini hal qiladi.
YeIga nomzod maqomi
Moldova 2022 yilda Yevropa Ittifoqiga nomzod maqomini oldi. 2023 yil dekabr oyida Yevropa kengaşi uşbu mamlakatning YeIga kirişi böyiça muzokaralarni 13 martda boşlaşga qaror qildi, Yevropa komissiyasi Yevropa kengaşiga Moldova bilan muzokaralar uçun asos sifatida xizmat qiluvçi loyihani körib çiqiş uçun yubordi.
Iyun oyi boşida Yevrokomissiya Moldova va Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qöşilişi böyiça muzokaralarni boşlaşni tavsiya qildi. Bundan taşqari, 5 iyun kuni Yevropa Ittifoqining 27 davlatidan 11 tasi hozirda Yevropa Ittifoqiga raislik qilayotgan Belgiyaga hukumatlararo yiğilişni ötkaziş maqsadida şu oyda Moldova va Ukrainaning YeIga qöşilişi böyiça muzokaralar uçun asos yaratişni sörab murojaat qildi. Iyun oyi oxirida ikki davlat iştirokida konferensiyalar ötkazilişi rejalaştirilgan.
May oyida Yevropaning ma’muriy va budjet masalalari böyiça komissari Yoxannes Xan Moldova Kişinyov hukumati qonun ustuvorligiga sodiqligini isbotlab, adliya sohasida islohotlar ötkazsa, 2030 yilga borib Yevropa Ittifoqiga a’zo bölişi mumkinligini aytgan edi.












