Endilikda Germaniyada vaqtinça yaşaş ruxsatnomasi bilan istiqomat qilayotgan xorijliklar ijtimoiy tarmoqda biror bir teraktni oqlasa, mamlakatdan çiqarib yuboriladi. Germaniya hukumati bu borada maxsus hujjat qabul qildi.

Yangi hujjatga köra, Germaniyada yaşayotgan xorijlik qaysidir teraktni oqlab post yozişi yoki izoh qoldirişi ham şart emas. Uni mamlakatdan çiqarib yuboriş uçun terakt oqlangan video yoki postga «Like» belgisini qöyişi kifoya böladi. Deportga tuşiş uçun bitta teraktni oqlaş yetarli.

25 may kuni Germaniyaning Mangeym şahrida afğonistonlik muxojir nemis politsiyasi zobitini piçoqlab öldirgandi. Tarmoqda köplab Germaniyada yaşayotgan muxojirlar bu harakat maqtalgan postlarni qöllab-quvvatlagan.

Avvalroq 25 iyundan Germaniyada vaqtinça yaşaş ruxsatnomasi olmoqçi bölganlar bu hujjatni oliş uçun Isroilni davlat sifatida tan olişi kerak degan talab qöyilayotgani haqida ham xabarlar çiqqandi.