2024 yilning 26 iyun kuni ADM Jizzakh zavodida yölsizlik şaroitlari va şahar muhitida faol dam oliş işqibozlarining talablarini qondiriş uçun möljallangan yangi off-road krossoveri bölgan HAVAL DARGÖning alohida yiğiş liniyasi işga tuşirildi.

HAVAL DARGO özining oldingi DARGO X modeli bilan Qozoğiston va Rossiya bozorlarida özini namoyon qilişga ulgurgan bölib, bu uning ajoyib xususiyatlari va jozibali narxi tufayli Özbekistonda e’tiborni jalb qiliş uçun yuqori salohiyatga egaligidan dalolat beradi.

HAVAL DARGÖning ba’zi böğin va agregatlari ADM Jizzakh multibrend zavodiga Great Wall Motor (GWM) kompaniyasi tomonidan yetkazib beriladi. HAVAL DARGO avtomobilining alohida yiğiş liniyasi bu maxsus ajratilgan xodimlarga ega bölgan 6 ta yiğiş uçastkasidan iborat konveyerdir.

DARGO modelidan oldin M6, H6 va JOLION modelidagi avtomobillar umumiy liniyada yiğilib, bu yiğişning tezligiga ta’sir qilar edi. Endi esa ajratilgan alohidagi liniya tufayli M6, H6, JOLION va albatta DARGO modellari uçun yiğişning tezligi sezilarli darajada ortadi, bu esa GWM guruhiga mansub köproq avtomobillarni yiğişga imkonini beradi.

ADM Jizzakh zavodida yiğilayotgan yangi HAVAL DARGO avtomobili xaridorlarga ikkita, ELITE va PREMIUM komplektatsiyalarida taqdim etiladi. 4 silindrli benzinli turbolangan dvigatel bilan jihozlangan DARGO, şuningdek, 7 poğonali robotlaştirilgan uzatmalar qutisi va 4WD töliq privodli transmissiyani, mustaqil old podveska va optimal ötiş qobiliyati uçun ikki dastakli mustaqil orqa podveskani taklif etadi. Off-road krossover ta’sirçan ölçamlari bilan ajralib turadi: uzunligi 4620 mm, kengligi 1890 mm (yon oyoq qöygiçlar bilan 1910 mm), balandligi 1780 mmga teng.

DARGÖning kabinasi qulayliklarga boydir: panoramali tom, ikki zonali iqlim nazorati, elektr sozlanuv, ventilyatsiya va massaj funksiyasiga ega çarm qoplamali örindiqlar, şuningdek, Apple CarPlay / Android Autöni qöllab-quvvatlovçi 12,3 dyuymli ekranli multimedia tizimi, 10,25 dyuymli raqamli qurilmalar paneli va old oynadagi proyeksion displey.

DARGO, şuningdek, frontal, yon xavfsizlik yostiqçalarini öz içiga olgan ilğor xavfsizlik texnologiyalari bilan jihozlangan. Uşbu yöltanlamas avtomobil yuqori texnik xususiyatlarni, zamonaviy jihozlanişni va xaridorlarning keng qatlami uçun jozidor bölgan söngi urfdagi dizaynni özida uyğunlaştiradi.