Ozarboyjon va Armaniston 9—11 iyul kunlari Vaşingtonda bölib ötadigan taşqi işlar vazirlari darajasidagi NATO yiğilişiga taklif qilindi, dedi AQŞ davlat kotibining Yevropa va Yevrosiyo masalalari böyiça yordamçisi Jyeyms ÖBrayyen 28 iyun, juma kuni Bokuda jurnalistlarga. Uning qayd etişiça, AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken uşbu tadbirni Şimoliy Atlantika alyansining barça hamkor davlatlari, jumladan, Ozarboyjon va Armaniston uçun ötkazmoqda.

«Ikkala davlat iştirok etişini kutaman», dedi davlat kotibi yordamçisi. Umuman olganda, ÖBrayyenning sözlariga köra, tadbirda NATO böyiça 30 ta hamkor davlat vakillari qatnaşadi. 

AQŞ Armaniston va Ozarboyjon TIV rahbarlari örtasida muzokaralar taşkil etişga tayyor 

AQŞ davlat kotibi yordamçisi, şuningdek, Vaşington Ozarboyjon va Armaniston taşqi işlar vazirlarining AQŞda yangi uçraşuvini taşkil etişga tayyorligini bildirdi. «Umid qilamanki, taşqi işlar vazirlari imkon qadar tezroq uçraşiş imkoniyatini topadilar. Agar bu Vaşingtonda sodir bölsa, biz ularni mamnuniyat bilan qabul qilamiz. Lekin köplab kanallar mavjud va ikkala tomon ham juda samarali töğridan töğri muloqotni davom ettirmoqda. Biz bu jarayonda har qanday usulda yordam bera olamiz», dedi ÖBrayyen. 

Amerika rasmiysi ikki kavkazorti davlati örtasida mustahkam tinçlik örnatiş imkoniyatiga işonç bildirdi. «30 yildan ortiq davom etgan nizolardan söng Armaniston va Ozarboyjon örtasida tinçlik örnatiş uzoq jarayon böladi, ammo keyin bu jamiyatlar örtasidagi çuqur munosabatlarga aylanadi. Menimça, çegarani delimitatsiya qiliş böyiça yaqinda erişilgan kelişuvlar oldinga qöyilgan juda muhim qadam böldi», - deydi ÖBrayyen.

Davlat departamenti vakili Fransiyaning Armanistonga qurol sotişi Vaşingtonda xavotir uyğotmasligini qayd etdi. «Biz Fransiyaning Armanistonga qurol-yaroğ sotayotgani haqida bildik, şuning uçun bu kelişilgan harakat emas. Armaniston, ayniqsa, Rossiyaning yordamiga boğliq bölmagan hamkor bölişga intilyapti. Rossiya yordami ma’lum şaroitlarda va ta’sir bilan yuz beradi, bu esa, nazarimda, mintaqa rivojiga salbiy ta’sir körsatadi», - dedi ÖBrayyen. 

Mintaqaviy xavfsizlik sohasida hamkorlik 

AQŞ davlat kotibi yordamçisi Vaşington va Boku mintaqaviy xavfsizlik sohasida hamkorlikni çuqurlaştirişi mumkin, degan fikrni bildirdi. «Biz allaqaçon bu işni samarali bajarmoqdamiz, biroq oldinga siljiş, xavfsizlik va tinçlikni mustahkamlaş, mintaqa taşqarisidan kelayotgan tahdidlarga qarşi kuraşiş va mintaqada işonçni mustahkamlaş orqali köproq narsani qilişga umid bor», dedi Davlat departamenti vakili. 

28 iyun kuni ÖBrayyen Ozarboyjon taşqi işlar vaziri Jayhun Bayramov bilan uçraşdi. Ozarboyjon TIV xabariga köra, tomonlar ikki va köp tomonlama kun tartibiga doir masalalar, Ozarboyjon va Armaniston örtasidagi munosabatlarni normallaştiriş jarayonining hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qilgan. 

«Vazir tinçlik şartnomasi böyiça sezilarli yutuqlarga erişilganiga qaramay, Armaniston konstitutsiyasi va boşqa qonun hujjatlarida Ozarboyjonga qarşi hududiy da’volar saqlanib qolayotganini ta’kidladi, şuning uçun ham Konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş muhim», - deya ta’kidladi Ozarboyjon Taşqi işlar vazirligi. Departament xabar qilganidek, Bayramov Armanistonning harbiylaştirilişi Janubiy Kavkazda tinçlik va barqarorlikka yordam bermasligini ta’kidladi.