29 iyun kuni BMT boş kotibi Antoniu Guterriş Markaziy Osiyo davlatlariga safar qiladi. BMT axborot xizmati xabariga köra, u avval Özbekistonga, söngra Qirğiziston, Qozoğiston, Tojikiston va Turkmanistonga taşrif buyuradi. Guterriş mintaqaga 2017 yilda taşrif buyurgan edi. Joriy safar 7 iyulga qadar davom etadi.

BMT boş kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik juma kuni Nyu-Yorkda bölib ötgan brifingda Guterriş har bir mamlakatda davlat rahbari va yuqori martabali hukumat vakillari bilan uçraşişini, iqlim özgarişiga qarşi kuraş böyiça loyihalar bilan tanişişini, şuningdek, mahalliy faollar bilan muloqot qilişini aytdi.

4 iyul kuni BMT boş kotibi Şanhay hamkorlik taşkilotining Ostonadagi sammitida iştirok etadi. Guterriş öz nutqida BMT Nizomi va Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga asoslangan köp tomonlama tamoyillarga sodiqlikni yana bir bor tasdiqlaş zarurligini ta’kidlaydi. U bu sa’y-harakatlarning markazida tinçlik bölişi kerakligini aytadi.

BMT boş kotibi, şuningdek, xalqaro hamjamiyatni geosiyosiy ziddiyatlar umumiy tahdidlarni, jumladan, iqlim özgarişiga qarşi kuraşni samarali bartaraf etişga imkon bermasligi haqida ogohlantirmoqçi.