Jazirama kunlarda köpçilik muzdek suv içib, çanqoğini bosişga urinadi. Muzlatkiçda turgan meva-sabzavotlarni iste’mol qilganda, hovur pasayganday tuyuladi. Ammo yoz çillasida past haroratdagi mahsulotlar organizmni sovitişga emas, aksinça qizdirişga xizmat qilişi haqida bilarmidingiz? Xöş, mutaxassisning bu boradagi xulosa va tavsiyalari qanday?
Milliy tibbiyot markazi direktori örinbosari Akmal Rahmatullayev SSV matbuot xizmatiga şu haqda sözlab berdi:
— Issiq kunlarda muzdek suv va mahsulotlardan tiyiliş kerak, — deydi mutaxassis. — Bu tavsiyani faqat tomoq yoki boşqa içki a’zolarni şamollatib qöymaslik uçungina bermaymiz.
Gap şundaki, yuqori haroratda tana özini tabiiy sovitiş xususiyatiga ega. Ayni sababdan issiqda köp terlaymiz. Bunday paytda muzdek suv içsak nima böladi? Organizm, avvalo, uni isitişga majbur bölib, ikki hissa köp energiya sarflaydi. Oqibatda tana soviş örniga yanada qiziydi. Bu esa organizm uçun stress.
Xuddi şunday, muzqaymoq yoki oqsilga boy boşqa mahsulotlarni hazm qiliş uçun ham organizm özidan juda köp issiqlik çiqarişi kerak. Buning uçun, birinçi galda, tana oşqozonga tuşgan muzdek mahsulotni normal haroratgaça qizdirişi lozim.
Bu jarayon esa organizmni zöriqtirib, şundoq ham issiq tanada harorat oşişiga olib keladi. Oqibatda kuçli çarçoq va lanjlik hissi yuzaga keladi. Boş yoki yurak sohasida oğriqlar paydo böladi.
Qolaversa, terlab sovuq suv içiş qon tomirlarini toraytirib, spazm hosil qiladi va organizmda ovqatning qayta işlaş jarayonlarini sekinlaştiradi.
Muzdek suyuqlik yoğli taomlar bilan içilganda yoğning organizmga sörilişi qiyinlaşadi. Bu ham salomatlik uçun juda xavfli.
Şuningdek, past haroratli mahsulotlar ovqat hazm qiliş uçun zarur bölgan fermentlar işlab çiqarilişini bloklab, immunitetni pasaytiradi. Bundan taşqari, şamollaş, angina va burun-halqum yölining boşqa kasalliklariga sabab bölişi mumkin.
Ba’zi mahsulotlar buyraklar faoliyati buzilişiga olib kelib, peşob ajratiş jarayonini tezlaştirişini ham unutmaslik kerak. Bu esa organizmda suvsizlanişni keltirib çiqaradi. Tarvuz, mango, arpabodiyon, selderey, quşqönmas şular jumlasidan.
Aççiq qalampir tarkibida kapsaitsin moddasi mavjud. U tanani bir muddat qizdiradi. Ammo jazirama paytida aççiq ovqat ahvolni yanada yomonlaştirişi mumkin. Qolaversa, qalampir issiq paytda tanada kuçli terlaşni hosil qiladi. Oqibatda organizm sezilarli miqdorda suv yöqotadi.
Jaziramada gazlangan, energetik va alkogol içimliklar, qahva iste’mol qiliş tavsiya etilmaydi.












