Copernicus ma’lumotlariga köra, Ğarbiy Yevropada iyun-iyul oylarida örtaça havo harorati 21,62 darajani taşkil etgan. Bu 1991–2020-yillardagi iyun oyi uçun örtaça körsatkiçdan 2,79 daraja yuqori.
Şu bilan birga, yozning dastlabki ikki oyida Şarqiy Yevropa va Skandinaviyada havo Ğarbiy Yevropaga nisbatan ança salqin bölgan.
Copernicus Ğarbiy Yevropada bahor oxiridan beri davom etayotgan issiq havo tölqinlarining ğayrioddiy uzoq davom etayotganiga ham e’tibor qaratgan. May oyidan boşlab mintaqada tört marta kuçli issiq tölqini kuzatilgan. Mutaxassislarga köra, bunday holat Ğarbiy Yevropa uçun ğayrioddiy hisoblanadi.
Jahon okeani ham rekord darajada isidi
Iyul oyida qutbiy mintaqalarni hisobga olmaganda, Jahon okeani suvi harorati ham rekord körsatkiçlarga yetgan.
KNA agentligi ma’lumotlariga köra, bunga sabab bölayotgan omillardan biri Tinç okeanining tropik qismida kuzatilayotgan “El-Nino” tabiiy hodisasidir. Prognozlarga köra, uşbu jarayon yaqin oylarda yanada kuçayişi mumkin.
Atlantika okeani va Örta Yer dengizining ğarbiy qismida ham kuçli issiqlik tölqinlari kuzatilgan. Suv haroratining kötarilişi sohilböyi aholi punktlari va dengiz ekotizimlariga salbiy ta’sir körsatmoqda.
Iyul oyida janubiy kenglikning 60-darajasidan şimoliy kenglikning 60-darajasigaça bölgan hududlarda dengiz yuzasining örtaça harorati 20,96 darajani taşkil etgan.
Bu iyul oyi uçun 2023-yilda qayd etilgan avvalgi rekord - 20,89 darajadan ham yuqori körsatkiçdir.
Avstriya va Slovakiyada tarixiy harorat rekordlari yangilandi
5-avgust kuni Avstriya va Slovakiyada meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq kun qayd etildi.
Avstriyaning GeoSphere Austria milliy meteorologiya xizmati ma’lumotlariga köra, Quyi Avstriya federal yeridagi Bad-Doyç-Altenburg şaharçasida kunduzi havo harorati 41,2 darajagaça kötarilgan.
Slovakiya janubida, Vengriya bilan çegara yaqinida joylaşgan Kamenitsa-Gron munitsipalitetida esa şu kuni harorat 41,4 darajaga yetgan.
Bundan bir kun avval, 4-avgustda Avstriya poytaxti Venada ham havo harorati 41 darajaga çiqib, milliy rekord yangilangan.












