Germaniyada joriy yilda anomal issiq ob-havo oqibatida vafot etganlar soni keskin oşdi. Robert Kox institutining 13-avgust kuni e’lon qilingan navbatdagi haftalik hisobotida qayd etilişiça, 2-avgust holatiga köra, jazirama bilan boğliq taxminan 12,5 mingta erta ölim qayd etilgan.

Mutaxassislar uşbu baholaş konservativ hisob-kitoblarga asoslanganini ta’kidlamoqda. Şu sababli amalda yuqori harorat ta’siri bilan boğliq ölimlar soni bundan ham köp bölişi mumkin.

RKI ma’lumotlariga köra, 2026-yilgi körsatkiç sönggi ön yillikdagi eng yuqori natijadir. Bungaça 2018-yilda jazirama oqibatida taxminan 9,4 ming, 2019-yilda esa 7,7 ming kişi vafot etgani hisoblangan.

Hududlar kesimida anomal issiqdan eng köp Saar va Reynland-Pfals federal yerlari aholisi jabrlangan. Saarda har 100 ming aholiga 43,4 ta, Reynland-Pfalsda esa 38,7 ta issiq bilan boğliq ölim töğri kelgan. Germaniya böyiça örtaça körsatkiç har 100 ming kişiga 15 ta ölimni taşkil etgan.

Keksa yoşdagilar orasida ölim köproq

Statistika jazirama ayniqsa keksa yoşdagilar uçun katta xavf tuğdirganini körsatmoqda. 2026-yilda issiq bilan boğliq ölimlarning qariyb 6,3 mingtasi 85 yoş va undan katta bölgan fuqarolar hissasiga töğri kelgan.

75 yoşdan 84 yoşgaça bölganlar orasida esa 3,1 mingdan ziyod kişi jazirama oqibatida vafot etgani baholanmoqda.

Ğarbiy Yevropada issiq rekordlarni yangilamoqda

Ayni paytda Germaniyaga yana bir issiq havo tölqini kirib kelgan. Biroq u iyun oyi oxirida kuzatilgan jaziramaga nisbatan kuçsizroq. Öşa paytda mamlakatning köplab hududlarida havo harorati 40 darajadan yuqori kötarilgan edi.

RKI hisob-kitoblariga köra, faqat iyun oyidagi jazirama Germaniyada qariyb 5,1 ming kişining ölimi bilan boğliq bölgan.

AFP hisob-kitoblariga köra, şu oyning özida Yevropa böylab kamida 12 mingta ortiqça ölim yuqori harorat bilan boğliq bölişi mumkin.

2026-yilning iyun va iyul oylari Ğarbiy Yevropada kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oylar böldi. Yevropa Ittifoqining Copernicus iqlim özgarişi xizmati ma’lumotlariga köra, uşbu davrda örtaça harorat 1991–2020-yillardagi körsatkiçdan 2,79 daraja yuqori bölgan.