Estoniya boş vaziri Kaya Kallas 15 iyul, duşanba kuni yangi iş joyiga ötişi munosabati bilan iste’foga çiqdi – u Yevropa Ittifoqining taşqi va xavfsizlik siyosati böyiça oliy vakili lavozimini egallaydi. U avvalroq Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat böyiça rahbari lavozimiga nomzod etib körsatilgan edi.

Kaya Kallas nomzodi hali ham Yevroparlament tomonidan tasdiqlanişi kerak, biroq Yevropa komissiyasining yangi tarkibini tuzadigan koalitsiya kerakli köpçilik ovozga ega, şuning uçun Kallasning Yevropa diplomatiyasi rahbari lavozimiga tayinlanişi aniqdir. Kaya Kallas bilan birgalikda butun Estoniya hukumati iste’foga çiqdi.

Yangi vazirlar mahkamasi tuzilgunga qadar Kallas boş vazir vazifasini bajaradi. Estoniyada hukmron koalitsiya tarkibi özgarmasligi va Kallas vakili bölgan liberal Islohotlar partiyasi boş vazirlikka nomzod körsatişi kutilmoqda. Aftidan, bu Kristen Mixal böladi.

Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini tanqid qiliş

Kaya Kallas 2021 yilda Estoniya boş vaziri lavozimini egallagan. Boşqa Boltiqböyi mamlakatlari yetakçilari singari u Rossiyani Ukrainaga qarşi uruşda keskin tanqid qiladi hamda mudofaa va boşqa sohalarda Ukrainani doimiy ravişda qöllab-quvvatlaydi.

Biroq, ötgan yili estoniyalik jurnalistlar Kaya Kallasning eri Arvo Hallik kompaniyasi Rossiyaning Ukrainaga qurolli hujumi boşlanganidan keyin ham Rossiyaga mahsulot yetkazib berişda davom etganini aniqladilar. Kallas erining kompaniyasi faoliyatiga heç qanday aloqasi yöqligini ta’kidlab, iste’foga çiqişdan boş tortdi.

Estoniya xavfsizlik politsiyasi Rossiyaga qarşi sanksiyalar rejimi buzilmagan va Hallik faoliyatiga nisbatan heç qanday qonuniy da’vo yöq, degan xulosaga keldi. Hallikning özi kompaniyadagi aksiyalardan xalos bölişini va lavozimidan ketişini va’da qilgan.