Kallas bu haqda 5-oktabr kuni Bryusselda Moldova boş vaziri Vasile Tofan bilan ötkazilgan matbuot anjumanida gapirdi.

Yevropa diplomatiyasi rahbari sönggi haftalarda qitʼada Rossiya bilan boğliq gibrid hujumlar, diversiyaga urinişlar va havo hududi buzilişi holatlari keskin köpayganini bildirdi.

«Ötgan dam oliş kunlarida Rossiya raketalari va dronlari Moldova havo hududini yana buzdi. Bu mutlaqo nomaqbul», - dedi Kallas.

Uning bahosiça, Moskva bunday harakatlar orqali qörquv uyğotiş va Yevropa davlatlarining qaror qabul qiliş jarayonini izdan çiqarişga intilmoqda. Kallas bunga javoban xavf-xatarlarga bardoşlilikni oşiriş va Ukrainani qöllab-quvvatlaşni kuçaytiriş zarurligini taʼkidladi.

Sentabr oxirida Rossiya Ukrainaning energetika tizimiga zarbalarini kuçaytirgan, Kiyev va mamlakatning boşqa hududlari ham hujumga uçragan. Şu hujumlar fonida Moldova Mudofaa vazirligi mamlakat havo hududiga uçta uçuvçisiz uçiş apparati kirganini maʼlum qilgan.

Germaniya kansleri Fridrix Mers ham avvalroq Rossiya tomonidan yangi gibrid hujumlar sodir etilişi mumkinligidan ogohlantirgan edi.

Germaniya rasmiylari Moskva dronlar va kiberhujumlardan foydalangan holda gibrid kampaniya olib borayotganini bir neça bor bildirgan. Jumladan, Berlin avgust oyida Leypsig aeroportida dron yordamida hujum uyuştirişga uriniş ortida Rossiya turganini daʼvo qilgan.