Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 15 iyul, duşanba kuni Kiyevdagi matbuot anjumanida Rossiya vakillari Ukraina böyiça ikkinçi tinçlik sammitida iştirok etişi kerakligini aytdi. «Suspilne» naşri iqtibos keltirgan davlat rahbarining sözlariga köra, navbatdagi tinçlik konferensiyasi rejasi noyabrgaça işlab çiqilişi kerak. Şu maqsadda uçta uçraşuv ötkaziş rejalaştirilgan: Şveytsariyadagi sönggi sammitda muhokama qilingan Ukraina «tinçlik formulasi»ning har bir bandi böyiça.
Ulardan birinçisi, energiya xavfsizligi böyiça, Qatarda iyul oyining oxiri yoki avgust oyining boşida bölib ötadi. Keyin avgust oyida Turkiyada yuk taşiş va oziq-ovqat xavfsizligi böyiça yiğiliş ötkaziladi. Nihoyat, sentabr oyida Kanadada yakuniy yiğiliş taşkillaştiriladi, unda mahbuslarni almaşiş va deportatsiya qilinganlarni, jumladan, bolalarni Ukrainaga qaytariş masalalari muhokama qilinadi. «Mana şu uç nuqtadan söng, agar ular işlasa, barça bandlarni amalga oşirişning töliq rejasi tayyor böladi», — dedi Zelenskiy.
Kiyev AQŞdagi saylovlar oldidan tinçlik sammiti ötkazmoqçi
10 iyul kuni Bloomberg manbalariga tayanib, Ukraina AQŞda noyabr oyida bölib ötadigan prezidentlik saylovlari oldidan Rossiya bilan harbiy mojaroni adolatli, tinç yöl bilan hal etişga erişiş uçun navbatdagi konferensiya taşkil etişga va unga Rossiya delegatsiyasini taklif qilişga intilayotganini yozdi. Bu niyat, matnda aytilişiça, «Donald Trampning Oq uyga qaytişi istiqboli» bilan boğliq, u saylovda ğalaba qozonsa rasman lavozimga kirişişidan oldin ham «Ukrainadagi uruşni töxtatişi» bilan maqtangan.
Rossiya Ukraina sammitida iştirok etiş niyatida emas
«Rossiya Ukraina tinçlik sammitlari kabi tadbirlarda iştirok etiş niyatida emas», dedi Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Mixail Galuzin 11 iyul kuni RIA «Novosti» agentligiga. U buni potensial uçraşuvning mazmuni «juda aniq»ligi, u Ukraina tinçlik formulasini «ötkazişga harakat qilişi» va boşqa taşabbuslarni «e’tiborsiz qoldirişi» bilan izohladi.
Şu yilning iyun oyida Şveytsariyada bölib ötgan birinçi tinçlik sammitiga 90 dan ortiq davlat vakillari keldi. Rossiya taklif etilmadi, bir qança davlatlar quyi darajadagi delegatsiyalarni yubordi va Kiyevning global janubdagi muhim davlatlarni öz tomoniga oğdirişga urinişi muvaffaqiyatsizlikka uçradi, çunki ba’zilari yakuniy bayonotni imzolaşdan boş tortdi, deya baholaydi Bloomberg sammit natijalarini.












