Vazirlar Mahkamasi qaroriga köra, litsenziya va ruxsat beriş jarayonlarini soddalaştiriş munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga özgartiş va qöşimçalar kiritildi. 

Prezidentning "Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartiriş hamda litsenziyalaş va ruxsat beriş tartib-taomillarini soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi farmoniga muvofiq "Eksport nazorati obektlarini olib çiqiş uçun ruxsatnoma" va "Maxsus tovarlarni eksport va import qiliş uçun litsenziya" hujjatlari bitta turga - "Maxsus tovarlarni eksport va import qiliş uçun ruxsatnoma"ga birlaştirilgan edi.

Hujjat bilan quyidagilarga taalluqli özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda:

  • ruxsat beruvçi hujjatlarning ikki turini bittaga birlaştiriş;
  • tovarlarning maxsus turlarini eksport va import qiliş uçun litsenziya pasportini tasdiqlaş;
  • prezident va hukumat qarorlariga muvofiq eksport qilinişi lozim bölgan tovarlar va mahsulotlarni eksport qiliş uçun ruxsatnoma pasportini tasdiqlaş;
  • ayrim ruxsat beriş, şuningdek litsenziyalaş va avtorizatsiyadagi takrorlanuvçi jarayonlarni bekor qiliş;
  • litsenziyalaş, ruxsatnomalar va xabardor qiliş sohasidagi vakolatli organlar nomlarini davlat boşqaruvida amalga oşiriladigan ma’muriy jarayonlar bilan muvofiqlaştiriş;
  • litsenziyalar va ruxsatnomalar tabiati bilan boğliq hujjatlarni beriş muddatlarini iş kuniga köçiriş.  

 
Xususan, asosiy özgartişlar Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalaş tartibi töğrisidagi yagona nizomga kiritilmoqda.