Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga köra, tadbirga Özbekiston boş vazirining örinbosari Jamşid Xöjayev va Turkmaniston vazirlar mahkamasi raisining örinbosari Botir Atdayev hamraislik qildi. Unda ikki mamlakat vazirliklari, idoralari, tarmoq birlaşmalari, mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari ham iştirok etdi.

Konstruktiv fikr almaşiş çoğida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, mavjud kelişuvlarni amalga oşirişning borişi muhokama qilindi, köp qirrali munosabatlarni yanada rivojlantirişning istiqbolli yönalişlari belgilab olindi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişda yaxşi natijalarga erişilganligi qayd etildi. Oxirgi 5 yil içida tovar ayirboşlaş hajmi ikki baravar köpayib, ötgan yil oxiriga kelib 1 milliard dollardan oşdi. Şu bilan birga, bor imkoniyatlardan töliq foydalaniş, jumladan, Özbekiston-Turkmaniston çegarasidagi savdo zonalarini işga tuşiriş maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Tomonlar kimyo, avtomobilsozlik, elektrotexnika sanoatida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirişning dolzarb masalalarini, şuningdek, hududlararo forumi, Özbekiston-Turkmaniston işbilarmonlar kengaşi yiğilişlari hamda mamlakatlar işbilarmon doiralari örtasidagi aloqalarni rivojlantiriş uçun samarali platforma hisoblangan savdo-sanoat körgazmalari kabi hamkorlik formatlarini rivojlantiriş çoralarini körib çiqdilar.

Ikki mamlakat örtasidagi transport aloqalarini kengaytirişni nazarda tutgan holda, transport-logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari alohida muhokama qilindi. Turkmaniston tomonini amaldagi va rejalaştirilayotgan multimodal transport yölaklariga qöşiş hamda ikki davlat hududi orqali xalqaro taşişlar iştirokçilari uçun viza tartib-taomillarini soddalaştiriş masalalarini hal etiş imkoniyatlari körib çiqildi.

Tomonlar madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini ham körib çiqdilar. Bu borada qöşma ta’lim dasturlarini yaratiş, qişloq va suv xöjaligi sohasida kadrlar tayyorlaş, öqituvçi va talabalar almaşinuvi, şuningdek, turizmni rivojlantiriş böyiça yangi taşabbuslarni işlab çiqiş ustuvor vazifalardan hisoblanadi.

Uçraşuv yakunlari böyiça tomonlar qöşma komissiyaning 18-yiğilişi yakuniy bayonnomasini hamda talabga ega bölgan tovarlar va xizmatlarni özaro yetkazib beriş uçun yangi imkoniyatlar oçuvçi kelişuvlarni imzoladi.