Bangladeşda talabalar tomonidan uyuştirilgan ommaviy norozilik namoyişlari çoğida kamida 105 kişi halok bölgan, ularning yarmidan köpi politsiya tomonidan otib ketilgan, deya xabar bermoqda Ğarb axborot agentliklari şifoxonalar ma’lumotiga tayanib. Mahalliy OAVga köra, 700 dan ortiq kişi, jumladan, 100 politsiyaçi va 30 jurnalist yaralangan.

AP muxbiri xavfsizlik kuçlarining olomonga miltiqdan öq otganini, şovqinli granatalar uloqtirganini va közdan yoş oqizuvçi gaz işlatganini körgan. Şundan söng köçalar qonga va öqlarga tölib ketdi, dedi jurnalist. BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Folker Turk Bangladeşda sodir bölayotgan voqealarni «dahşatga soluvçi va qabul qilib bölmas» deb atadi va tergov ötkazilişi hamda aybdorlar jazolanişini talab qildi.

Öz navbatida politsiyaning xabar berişiça, namoyişçilar Narsingdi okrugidagi qamoqxonani egallab, bir neça yuz mahbusni ozod qilgan, keyin esa uni yoqib yuborişgan. Bundan taşqari, namoyişçilar köplab politsiya va hukumat binolarini, şuningdek, telekompaniyalar ofislarini vayron qilgan va yoqib yuborgan.

Butun mamlakat böylab komendantlik soati

Bangladeş hukumati butun mamlakat böylab komendantlik soati joriy qildi va norozilik namoyişlarini bostiriş uçun armiya yubordi. Mamlakatda aloqa bilan boğliq muammolar mavjud. Ötgan hafta Bangladeşdagi universitetlar yopildi, poytaxt Dakkada barça yiğilişlar va namoyişlar taqiqlandi.

Ötgan hafta Bangladeşda norozilik namoyişlari keng tarqaldi. Iş yöqligidan hafsalasi pir bölgan talabalar davlat iş joylari 30 foizi Bangladeşning 1971 yildagi mustaqillik uruşi faxriylari qarindoşlari uçun ajratiladigan kvota tizimini töxtatişni talab qilmoqda. Xususiy sektorning rivojlanişiga qaramay, davlat xizmati mamlakatda barqaror va jozibador hisoblanadi. Har yili 400 mingga yaqin bitiruvçi 3000 ta öringa hujjat topşiradi.

2018 yilda talabalarning avvalgi ommaviy norozilik namoyişlaridan söng hukumat kvota tizimini töxtatib qöydi, biroq iyun oyida Bangladeş Oliy sudi faxriylar qarindoşlarining şikoyatlarini qanoatlantirdi va kvotalar qayta tiklandi. Sud qarori ustidan apellyatsiya şikoyati berilgan, qaror 21 iyul kuni çiqişi kutilayotgandi. Tarafdorlari kvota tizimidan foydalanayotgan boş vazir Şayx Hasina Vazed barçani sud qarorini sabr bilan kutişga çaqirdi.