Oliy Majlis Qonunçilik palatasining 23 iyul kuni bölib ötgan navbatdagi yiğilişida ğaroyib holat kuzatildi. Yiğiliş YouTube orqali jonli efirga uzatildi. Unda deputatlar majlisda tanaffus qiliş masalasi böyiça ovoz berişdi. Yakunda kamçilik ovoz töplagan variant qabul qilindi.
«Reglament böyiça tanaffusga çiqişimiz kerak. Yana 4 ta asosiy masala qoldi. Hozir yoki tanaffus qilmasdan davom ettiramizmi yoki tanaffus qilib, soat uçda davom ettiramizmi? Soat törtda «Hukumat soati» bor. Nima deysizlar?», deb örtaga savol taşladi spiker Nurdinjon Ismoilov.
Şunda majlisni tanaffus qilmasdan davom ettiriş haqidagi taklif ovozga qöyildi. Natijalarga köra, 89 nafar deputat tanaffussiz davom ettiriş taklifini qöllab-quvvatladi, 13 nafari qarşi böldi, 1 kişi betaraf yana 15 nafari ovoz bermadi.
Şundan söng spiker ovoz bermaganlarni intizomga çaqirdi va taklifni takroran ovozga qöydi. Bu safar qöllab-quvvatlovçilar soni özgarmadi, qarşilar esa 22 nafarga yetdi.
«Men tuşunmadim, nima qilamiz, davom etaylikmi yoki tanaffus e’lon qilamizmi?», deb takror söradi spiker Ismoilov.
Uşbu taklif böyiça fikr bildirgan deputat Jahongir Şirinov kamçilik köpçilikka böysunişi kerakligini va majlisni davom ettiriş şartligini aytdi. Spiker örinbosari Alişer Qodirov esa «Men işni davom ettirişga roziman, lekin bitta narsani hisobga olişimiz kerak, 22 odam hozir kayfiyat bilan işlamaydi», dedi.
Şundan keyin, kam ovoz töplagan bölsa-da, majlisni töxtatib, tanaffusga çiqiş qarori qabul qilindi.












