AQŞ prezidenti Jo Bayden millatga murojaat qildi va nima uçun prezidentlik poygasini tark etganini izohladi.
Men sizga Oval kabinetdan turib murojaat qilyapman. Bu muqaddas joyda meni Amerikaning nufuzli prezidentlari portretlari qurşab turibdi. Men bu joyni hurmat qilaman, ammo öz mamlakatimni undan ham köproq sevaman. Men uçun sizning prezidentingiz böliş şaraf edi. Amerika buriliş nuqtasida. Bu tarixda bizning qarorlarimiz xalqimiz va dunyoning keyingi ön yilliklardagi taqdirini belgilab beradigan davrdir. Amerika oldinga yoki ortga, umid va nafrat, birlik va böliniş örtasida tanlov qilişiga töğri keladi.
Siz meni saylaganingizda, men siz bilan rostgöy bölişga va’da bergandim. Haqiqat har birimizdan muhimroqdir. Sönggi haftalarda menga ayon böldiki, demokratiyani himoya qiliş uçun Demokratik partiyani birlaştiriş kerak. Men öz tajribam, yetakçiligim va Amerika kelajagi böyiça qaraşlarim tufayli ikkinçi muddatga saylanişga loyiqman deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qoliş yölida heç narsa, jumladan şaxsiy ambitsiyalar tösiq bölolmaydi. Şuning uçun men estafetani yangi avlodga topşiriş yaxşiroq, bu millatni birlaştirişning eng yaxşi yöli degan qarorga keldim. Jamiyat hayotida köp yillik tajribaga ega odamlar uçun vaqt bor. Ammo yangi, tetik, yoş ovozlar uçun ham vaqt va joy bor. Va bu vaqt va joy — hozir keldi.
Keyingi olti oyda men prezident lavozimidagi vazifalarimni bajaraman, Amerika kuçli, himoyalangan, erkin dunyo yetakçisi bölib qolişi ustida işlaşni davom ettiraman. Biz Putin Ukrainani egallaşiga xalal beriş uçun mamlakatlar koalitsiyasini yiğişda davom etamiz. Biz NATOni mustahkamlaymiz. Men Ğazodagi uruşni yakunlaş va garovdagilarning barçasini uylariga qaytariş uçun işlaşda davom etaman.
Bayden şuningdek amerikaliklarni yaqin vaqtlar içida AQŞ prezidentligiga demokratlarning yangi nomzodi bölişi kutilayotgan Kamala Harrisni qöllaşga çaqirgan.
«Biz köp narsani boşdan ötkazdik — yuz yillikdagi eng qörqinçli pandemiya, Buyuk tuşkunlik davridan buyon eng oğir iqtisodiy inqiroz, Fuqarolik uruşi davridan buyon bizning demokratiyaga qilingan eng jiddiy hujum.
Tört yil muqaddam men prezidentlikka nomzodimni qöygandim, çunki Amerika ruhi xavf ostida qolganini tuşungandim va hozir ham şunday. Bir neça oydan keyin Amerika xalqi mamlakat kelajagi uçun yönalişni tanlaydi. Men öz tanlovimni amalga oşirdim. Men ajoyib vitse-prezidentimiz Kamala Harrisga minnatdorçilik bildirmoqçiman. U tajribali, qat’iyatli, qobiliyatli. U men uçun aql bovar qilmas hamkor va mamlakatimiz uçun yetakçi böldi. Endi tanlov sizda. Amerikaning ajoyib tomoni şundaki, bu yerda qirol va diktatorlar emas, xalq hukmronlik qiladi. Tarix sizning qölingizda, hokimiyat sizning qölingizda», — degan Bayden.
Beşafqat reallik: Bayden murojaati satrlari orasida nimalar bor?
BBC’ning Şimoliy Amerikadagi muxbiri Entoni Zurker
Jo Bayden Oval kabinetdagi çiqişida doimo Amerika xalqi bilan hamqadam bölişga va’da berdi.
Ammo u bunga erişa olmadi. U estafetani yangi avlodga beriş vaqti kelganini aytgan, partiya birdamligi va Amerika demokratiyasini şaxsiy ambitsiyalardan ustun qöyiş zarurligini ta’kidlagan bölsa-da, u nega prezidentlik saylovlariga atigi uç oy qolganida bunday qarorga kelganiga çuqur töxtalmagan.
Agar bu satrlar orasiga qaralsa, sovuq, beşafqat reallik közga taşlanadi: u iste’fo berdi, çunki u yutqazişi oydinlaşayotgandi.
Sörovlarda ortda qolişi, debatdagi şarmandali iştiroki, Demokratik partiyada uni poygadan çiqişga çaqiruvçilar guruhi kengayib borgani ğalabaga aniq yöl qoldirmagandi.
Uning bu nutqi, agar saylovda qatnaşa olmaydigan bölsa, lavozimida ham qolmasligi kerakligini aytayotgan respublikaçilarni tinçlantira olmaydi.













