Özbekiston Respublikasi Qonunçilik palatasi va mahalliy kengaşlar deputatlar saylovi 2024 yil 27 oktyabrda ötkaziladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi.

Saylov kompaniyasi 2024 yil 26 iyulidan boşlanişi ma’lum qilindi, şuningdek, kalendar reja tasdiqlandi.

Ma’lumot uçun, Qonunçilik palatasi saylovlari ilk marta majoritar-proporsional (aralaş) tizim asosida ötkaziladi.

Bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bölinadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari böyiça majoritar tizim (nomzod uçun ovoz beriş), qolgan 75 nafari proporsional tizim böyiça, ya’ni siyosiy partiyalarga berilgan ovozlar asosida (partiya röyxati asosida) saylanadi.

Partiya röyxatiga kiritilgan nomzodlar uşbu siyosiy partiyaning a’zolari yoki partiyasiz bölişi mumkin. Boşqa siyosiy partiyaning a’zolari uşbu röyxatga kiritilişi mumkin emas, deputatlikka nomzodlarni tanlaş tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanadi.

Ayollarning soni bir mandatli saylov okruglari böyiça, şuningdek partiya röyxati asosida siyosiy partiyadan körsatilgan deputatlikka nomzodlar sonining kamida 40 foizini taşkil etişi kerak. Bunda partiya röyxatidagi ketma-ketlikda kamida har 5 nafar nomzodning ikki nafari ayol kişi bölişi lozim.