26 iyul, juma kuni Qrim hududidagi Saki va Yevpatoriya şaharlarida portlaşlar sodir böldi, deb xabar bermoqda bir qança Ukraina va Rossiya OAV mahalliy aholiga tayanib. Xususan, Astra Telegram-kanali öz manbalariga tayanib, Saki aerodromiga ATACMS uzoq masofali raketalari bilan hujum qilinganini bildirmoqda. Telekanal ma’lumotlariga köra, öq-dorilar portlaşi natijasida yonğin kelib çiqqan va ikki nafar rossiyalik harbiy jarohatlangan. 

Bundan taşqari, raketalardan biri Saki tumanidagi Şelkoviçnoye qişloğidan 5 km uzoqlikdagi Rossiya havo mudofaasi tizimi joylaştirilgan maydonga kelib tuşdi, natijada radiolokatsion stansiya moslamasi vayron böldi, deb xabar bermoqda kanal. «Jami, manbalarga köra, Ukraina qurolli kuçlari Qrimga törtta ATACMS raketasi bilan zarba bergan, ulardan ikkitasi urib tuşirilgan», — deyiladi xabarda.

Rossiya Mudofaa vazirligi va Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi Qrimga qilingan hujumga izoh bermadi. 

Mahalliy aholi: Kvartiralarning derazalari silkinib ketdi

«Suspіlne» telekanaliga köra, Saki va Yevpatoriyaning mahalliy aholisi tungi portlaşlar haqida xabar bergan. Şu tariqa, Sakida yaşovçi şaxs telekanalga «şaharda juda kuçli portlaşlar kuzatilgani», bu kvartiralarda «derazalar silkinişiga» sabab bölganini aytdi. Yevpatoriya fuqarosi «keçqurun bir qator portlaşlarni eşitganini» bildirdi. Uning sözlariga köra, «juda kuçli bölmagan portlaşlar» ovozi «şahar taşqarisidan» kelgan.

«Krymskiy veter» Telegram-kanali ham Saki tumani Novofedorovka qişloğidagi Saki harbiy aerodromi hujumga uçragani haqida yozgan va obunaçilaridan birining videosini çop etgan. «Obunaçi xabar beradi: soat 02:41 da allaqaçon 13 ta kuçli portlaş sodir böldi, ovozlar har tomondan - Dobruşinodan, Yevpatoriyadan, Novoozernoyedan va uzoqroqda, katta ehtimol bilan Sakidan kelyapti», deb yozadi kanal alohida xabarida.

Qrimdagi Rossiya harbiy obektlariga raketa hujumlari davom etmoqda

Ilgari qöşib olingan yarimorol aprel oyining oxirida Amerika ATACMS raketalari bilan hujumga uçragan edi. Şundan söng, kanallar xabariga köra, Jankoy harbiy aerodromiga raketa hujumlari uyuştirilgan, hujum natijasida beş nafar rossiyalik harbiy yaralangan. Bundan taşqari, ATACMS uçta harbiy havo mudofaa bölinmalariga - Donskoye qişloğida, şuningdek, Saki va Qora dengiz mintaqalarida hujum qildi. Kamida tört nafar harbiy yaralangani aytilmoqda.