Yevropa Ittifoqi kengaşi Yevropa Ittifoqining yettita davlatida ortiqça budjet taqçilligi yuzasidan rasman suriştiruv boşladi. Bu haqda 26 iyul, juma kuni kengaşning rasmiy saytida e’lon qilingan bayonotda aytiladi.

Budjet taqçilligi haddan taşqari köp bölgan mamlakatlar qatorida Belgiya, Fransiya, Italiya, Vengriya, Malta, Polşa va Slovakiya bor. Ularning barçasida ötgan yili yalpi içki mahsulotning 4 foizdan ortiq budjet taqçilligi kuzatilgan, Yevropa Ittifoqi qoidalariga köra esa, ruxsat etilgan maksimal qiymat 3 foizni taşkil qiladi. 

Şunday qilib, Belgiyaning 2023 yil uçun budjet taqçilligi YaIMning 4,4 foizini, Polşada - 5,1 foiz, Fransiyada - 5,5 foiz va Italiyada - 7,4 foizni taşkil etdi - bu örganilayotgan yetti mamlakat içidagi eng yuqori körsatkiç.

Xabarga köra, yil oxirigaça Yevrokomissiya Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarga «defitsitni töğrilaş uçun samarali çoralar köriş» böyiça tavsiyalar röyxatini işlab çiqişi kerak. «Tavsiyalar raqamlar bilan ifodalangan tuzatuvçi budjet kursini va ularni amalga oşiriş muddatini öz içiga olişi mumkin», deb tuşuntirdi Yevropa Ittifoqi kengaşi. YeK noyabr oyida tavsiyalar berişi kutilmoqda. 

Yevroparlament YeI budjet taqçilligi böyiça yangi qoidalarni tasdiqladi

2024 yil aprel oyida Yevroparlament Yevropa Ittifoqining fiskal qoidalarini isloh qilişni ma’qulladi. Özgarişlar tufayli yuqori darajada qarzdor a’zo davlatlar qarz va budjet taqçilligini kamaytirişda köproq moslaşuvçanlikka ega böladi. 

Yangi qoidalarda umumiy qarz yalpi içki mahsulotning 60 foizidan oşmasligi kerakligi haqidagi talab saqlanib qolgan. Taşqi qarzi 90 foizdan ortiq bölgan davlatlar esa har yili uning koeffitsiyentini 1 foiz punktga kamaytirişlari talab etiladi. 60-90 foiz körsatkiçli davlatlar - 0,5 foiz punktiga.