Polşa taşqi işlar vaziri örinbosari Vladislav Teofil Bartoşevskiy Vengriya boş vaziri Viktor Orbanga Yevropa Ittifoqi va NATOdan çiqişni va Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ittifoq tuzişni taklif qildi. Onet.pl onlayn portali 28 iyul, yakşanba kuni polşalik diplomatning sözlarini çop etdi. «Nega Vengriya öziga unçalik yoqmaydigan va unga nisbatan yomon munosabatda bölgan taşkilotlarning a’zosi bölib qolişni xohlayotganini tuşunmayapman, nega u (Orban) Vladimir Putin va bu turdagi boşqa avtoritar davlatlar vakillari bilan ittifoq tuzmaydi?» - dedi Bartoşevskiy. Diplomat Orban siyosatini «aksilevropa, Ukraina va Polşaga qarşi» deb atadi.
Taşqi işlar vaziri örinbosari, şuningdek, Vengriya boş vaziri hozirda Rossiyadan özini himoya qilayotgan Ukrainaga Varşava tomonidan berilgan harbiy texnika uçun tovon puli sifatida Yevropa Ittifoqidan Polşaga tölanişi kerak bölgan 2 milliard zlotiy (468 million yevro) mablağini tösib qöyganini eslatdi. «Biz Yevropa Ittifoqida ham, NATOda ham xalqaro jamiyatning çekkasida joylaşgan boş vazir Orbandan farqli ölaroq Rossiya bilan iş qilmaymiz», dedi Bartoşevskiy bir kun oldin Orbanning Polşani tanqid qilganiga javoban.
Orban Varşavani tanqid qildi va uni ikkiyuzlamaçilikda aybladi
27 iyul kuni Vengriya boş vaziri Yevropa Ittifoqi va butun Ğarbning notöğri siyosati, şuningdek, Polşa «ikkiyuzlamaçiligi»ni tanqid qildi. Polşa internet portali Orbanning Ruminiyadagi Transilvaniya universiteti minbarida sözlaridan iqtibos keltirgan: «Polşaliklar bizni Rossiya bilan munosabatlarimiz uçun tanqid qiladi, lekin ular Rossiya bilan vositaçilar orqali iş olib boradi». Vengriya hukumati rahbari, şuningdek, AQŞ sobiq prezidenti Donald Trampning harakatlarini yana bir bor olqişladi, Rossiyani qöllab-quvvatladi va Ukraina göyoki «Yevropa Ittifoqi yoki NATOga a’zo bölmasligini» aytdi.
Bundan taşqari, Orban Varşavani «Berlin-Parij öqini yangi London-Varşava-Kiyev-Boltiqböyi-Skandinaviya konfiguratsiyasi foydasiga» zaiflaştirib, Yevropadagi kuçlar muvozanatini özgartirişda aybladi. Vengriya boş vaziri sözlariga köra, bu öz mamlakati pozitsiyasining zaiflaşişi hamda «Polşa eski rejasi»ni amalga oşirişga olib keladi.
YeI Vengriyani qonun ustuvorligini buzganlik uçun tanqid qilmoqda
Yevrokomissiya ma’lumotlariga köra, Vengriya korrupsiya, poraxörlik va manfaatlar töqnaşuviga qarşi kuraş, siyosiy partiyalarni moliyalaştiriş va ommaviy axborot vositalari mustaqilligi böyiça Yevropa Ittifoqining demokratik standartlaridan sezilarli darajada orqada qolmoqda. Bu baho Yevrokomissiyaning 24 iyul kuni e’lon qilingan Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar va ittifoqqa qöşiliş uçun nomzod maqomiga ega bölgan qator mamlakatlarda qonun ustuvorligi böyiça yillik hisobotida keltirilgan.
Yil oxirigaça Yevropa Ittifoqi kengaşiga raislik qiluvçi Vengriya Yevropa komissiyasining qonun ustuvorligi haqidagi hisobotlarida doimiy ravişda tanqid qilinmoqda. Budapeşt hukumati mamlakatdagi qonun ustuvorligiga tahdid tufayli YeI şartnomasining 7-moddasiga muvofiq sud jarayoniga duç kelmoqda. Bundan taşqari, Yevropa komissiyasi Vengriyaga nisbatan qonun ustuvorligining bir neça bor buzilganligi munosabati bilan yana bir neçta sud jarayonlarini ötkazmoqda. Yevropa Ittifoqining Lyuksemburgdagi sudi iyun oyida Vengriyani Yevropa migratsiya va boşpana siyosati haqidagi qonunlarini buzgan uçun katta miqdorda jarima tölaşga majbur qildi. Boş vazir Viktor Orban qarorni «ğazabnok» deb atadi va bunga rozi emasligini aytdi.
Vengriya hukumati Yevropa Ittifoqida amaldagi huquqiy davlat normalarini qat’iyan rad etsa-da, Koronavirusga qarşi yordam fondi va Teng imkoniyatlar jamğarmasidan grantlar talab qilmoqda. YeI Vengriyaga 30 milliard yevro miqdoridagi moliyaviy yordamni muzlatib qöydi, çunki mamlakatda korrupsiyaning haqiqiy xavfi mavjud va Vengriyadagi sudlar mustaqil hisoblanmaydi. Biroq, Rossiyadan özini himoya qilayotgan Ukrainaga keyingi harbiy va moliyaviy yordam körsatiş uçun Orbanning zarur roziligiga erişiş maqsadida pulning bir qismi berildi. Bu - Yevropa Ittifoqi kengaşiga raislik qiluvçi davlat «qonun ustuvorligi mexanizmi» deb ataluvçi jazoga tortilgan birinçi holat.












