Ukrainada qurolli mojaro davom etar ekan, Gurjistonda teraktlar xavfi saqlanib qolyapti. Bu haqda Gurjiston boş vaziri Irakliy Kobaxidze mamlakat televideniyesi orqali ma’lum qildi. 

«Ukrainadagi uruş davom etar ekan, xavflar saqlanib qolyapti. Kontekst şu tarzda qolar ekan, bu xavf-xatarlar mamlakatimizda saqlanib qoladi», — dedi hukumat rahbari. 

Kobaxidze bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tergov qilinayotgan «Gurjiston orzusi» partiyasi asosçisi Bidzina Ivanişviliga suiqasd uyuştirişga tayyorgarlik köriş böyiça iş doirasida mamlakatda teraktlar xavfi saqlanib qolmoqdami, degan savolga javob berib aytib ötdi.

Boş vazirning sözlariga köra, mamlakat rasmiylari Ukrainadagi uruş kelasi yildan keçiktirmay yakunlanişini kutmoqda. 

Avvalroq Gurjiston Davlat xavfsizlik xizmati Ivanişvilini öldirişga Gurjiston hukumatining hozirda Ukrainada yaşovçi sobiq vakillari tomonidan tayyorgarlik körilgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.