28 iyul kuni Reuters va Associated Press agentliklari Mali şimolida, Jazoir bilan çegara yaqinida, mahalliy isyonçi tuareglar bilan töqnaşuv oqibatida «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasining sobiq jangçilari halok bölgani haqida xabar tarqatdi.
BBC rus xizmatiga köra, vagnerçlar Malida 2021 yildan buyon harakatlanib keladi. Öşanda davlat töntarişi oqibatida hokimiyatga polkovnik Assimi Goita kelgan, şundan keyin mamlakatdan beş mingdan ortiq fransuz harbiylari kontingenti çiqarib yuborilgandi (ularni oldingi prezident Ibrohim Keyta ayirmaçi tuareglarga qarşi kuraşiş uçun çaqirgan). Goita esa ularning örniga vagnerçilarni taklif etadi.
Rossiyadagi Z-kanallar 20 iyuldan boşlab bir neça kun davomida sönggi 12 yil mobaynida Malining şimoliy qismini nazorat qilib kelgan va hatto 2012 yilda Azavad nomli alohida davlat tuzilganini e’lon qilgan ayirmaçi tuareglar tez orada töliq tor-mor etilişini prognoz qila boşlagandi.
Mali hukumati bayonotlariga köra, operatsiyaning ilk kunlarida Mali armiyasi vagnerçilar bilan birgalikda muvaffaqiyat bilan ilgarilagan. Bir hafta oldin ular Jazoir bilan çegaradagi In-Afarak qişloğini öz nazoratiga olgan.
25 iyuldan 26 iyulga ötar keçasi esa rossiyalik yollanma jangçilar karvoni Jazoir hududidagi Tin-Zauatin tomon harakatlana boşlagan.
Yollanma jangçilar bilan aloqador telegram-kanallar yozişiça, harbiylar ikki mamlakat çegarasidan ikki kilometr masofada turganida kuçli qum böroni yopirilgan va kolonna harakati töxtab qolgan. Mahalliy isyonçilar esa bu şaroitdan foydalanib, vagnerçilarga pistirma qöygan.
Töqnaşuv natijasi Rossiya tomoni uçun «olis yönalişlar»dagi (Ukrainadagi uruşni hisobga olmaganda) Suriyaning Dayr-az-Zor viloyati Haşam şahri yaqinidagi jangdan keyingi eng yirik yöqotiş bölgan. Öşanda, 2018 yil fevralida vagnerçilar kolonnasi Amerikaning zarbdor vertolyotlari bilan öqqa tutilişi oqibatida 100 dan ortiq kişi halok bölgandi.

Isyonçi tuareglar guruhi bayonotida Mali harbiy xizmatçilari va vagnerçilar «jonli kuç va texnikada katta yöqotişlarga uçragani» aytilgan — gap «önlab» qurbonlar va yaralanganlar haqida boradi. Tuareglar qömondonligi ma’lumotiga köra, jangda 54 nafar vagnerçi va malilik yetti nafar harbiy öldirilgan. Mali armiyasi ikki harbiy ölimi va yana 10 nafari yaralangani haqida xabar qilgan.
Vagnerçilarning yöqotişlari haqida aniq ma’lumot yöq — ammo jang haqidagi xabarlar bilan birga voqea joyida olingan videolar ham paydo bölgan, ularda 30 taça jasad aks etgan — ham oq, ham qora tanlilarning. Baza telegram-kanali tasdiqlaşiça, jangda kamida 20 kişi halok bölgan. Rossiya mudofaa vazirligiga yaqin bölgan Rybar telegram-kanali ham yöqotişlar soni «yigirmadan oşmasligi» haqida yozgan. Kanal muallifi videodagi jasadlarning bir qismi isyonçi tuareglarga tegişli va «kartinka uçun joylaştirilgan» bölişi mumkinligini taxmin qilgan.

BBC rus xizmatining muqaddam «Vagner» XHK safida jang qilgan manbasi kamida 82 nafar yollanma jangçi halok bölganini aytgan. Naşrning Malidagi boşqa bir manbasi aloqaga çiqmagan, uning onasining «VKontakte»dagi sahifasida motamni anglatuvçi şam paydo bölgan. «Vagner»ning şturm otryadining «Rusiç» laqabli sobiq komandiri ham qurbonlar soni 80 dan ortiqligi haqida aytgan. The Wall Street Journal bu katta ehtimol bilan rossiyalik yollanma jangçilar Afrikaga kelgan 2017 yildan buyon uçragan eng yirik yöqotişi ekani haqida yozdi.
Bundan taşqari, BBC ma’lumotiga köra, malilik isyonçilar kamida bitta Mi-24 vertolyotini şikastlagan. WSJ xabarida qayd etilişiça, tuareglar yarador vagnerçilarni taşiş uçun foydalanilgan vertolyotga u Tinzauaten şahri yaqinidagi Kidalga majburiy qönişni amalga oşirgan vaqtida hujum qilgan.
Qurbonlarning jasadlari aks etgan videolardan birida vagnerçilarga aloqador bölgan Grey Zone telegram-kanali muallifi Nikita Fedyaninni tanişan. Uning ölimi haqida neonatsistlarning DŞRG «Rusiç» guruhi xabar berdi, keyinroq bu ma’lumotni Fedyaninning yaqinlari TASS muxbiriga tasdiqladi.
Yevgeniy Prigojin tirikligida bu «Vagner» XHK haqida yozuvçi eng maşhur kanal bölgan, uning 500 mingdan ortiq obunaçisi bor.
Fedyanin «Pyatisotiy» va «Beliy» laqablari bilan tanilgan. Ijtimoiy tarmoqdagi ma’lumotlarga köra, u 29 yoşda edi. «Ozodlik radiosi» suriştiruvçisi Mark Krutov Fedyaninning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasini örganib, u oxirgi marta 21 iyul kuni onlayn bölganini aniqlagan. Grey Zone telegram-kanaliga sönggi post 23 iyul kuni qöyilgan — unda «Afrika Sahali»dagi (beş mamlakat — Burkina-Faso, Mavritaniya, Mali, Niger va Çadni öz içiga oluvçi mintaqa) davlatlardan biri hududidagi «Tayfun» rusumli zirhli avtomobil fonida tuşgan vagnerçilar fotosi aks etgan.

Vagnerçilarning bir qismi asir tuşgan. Harbiy mavzudagi Colonelcassad telegram-kanalini yurituvçi Boris Rojinning aniqlaşiça, ular orasida «Lotos» çaqiruv belgisiga ega Anton Yelizarov ham bölgan. Keyinroq Rojin «uni allaqaçon almaşişgani» haqida ham xabar qildi. «Voyenniy osvedomitel» telegram-kanali yozişiça, asirga tuşgan vagnerçilarning barçasi Rossiya mudofaa vazirligining Afrika korpusi vositaçiligida «operativ tarzda sotib olingan».
The Insider manba keltirmagan holda 2023 yil avgustida Dmitriy Utkin Tver oblastidagi aviahalokatda Yevgeniy Prigojin bilan birgalikda halok bölganidan keyin Yelizarov «Vagner jangarilarining de-fakto komandiriga aylangani» haqida yozgan.
Bu vaqtda Ukrainadagi naşrlar Yelizarov Ukrainaning Soledar va Baxmut şaharlarini qamal qilgan kuçlarga boşçilik qilgani haqida yozmoqda. Ukraina mudofaa vazirligi razvedka boşqarmasi vakili Andrey Yusov esa, Malida vagnerçilar tor-mor etilgani yuzasidan izoh berarkan, isyonçi tuareglarga «rossiyalik harbiy jinoyatçilarga qarşi amaliyot ötkaziş uçun zarur ma’lumotlar yetkazib berilgani va boşqa turdagi yordamlar körsatilgani» haqida aytgan. Öz navbatida, isyonçilar Ukraina bayroğini kötargan holda suratga tuşgan e’lon qilingan.

29 iyul kuni «Vagner» XHK matbuot xizmati çaqiruv belgisi «Prud» bölgan komandir Sergey Şevçenko boşçiligidagi şturm otryadi 22 iyuldan 27 iyulga qadar Mali harbiy xizmatçilari bilan birgalikda Tinzauaten aholi yaşaş manzili yaqinida «Azavad muvofiqlaştiriş harakati» hamda «Sahaldagi Al-Qoida» guruhiga qarşi jang qilgani haqida xabar bergan. Ma’lum qilinişiça, guruh jangarilari qum böroni tufayli qayta guruhlanib, oğir qurollar hamda dronlarni qöllagan holda vagnerçilarga hujum qilgan. Kompaniya hujum qilgan tomon kamida ming kişidan iborat bölganini iddao qilgan. 27 iyul kuni Şevçenkoning guruhidan sönggi radiogramma kelgan, unda ular «uç kişi qolgani, ammo jang qilişda davom etişi» aytilgan. Şundan keyin Şevçenko jangda halok bölgan.
Şuningdek, bayonotda «Vagner» XHK yöqotişlarga uçragani aytilgan, ammo qurbonlarning ismlari va soni keltirilmagan.












