30 iyul, seşanba kuni Tehrondagi Eron parlamenti binosida mamlakat saylangan prezidenti Mas’ud Pezeşkiyonning qasamyod qabul qiliş marosimi bölib ötdi. Eron manbalariga köra, marosimda 80 dan ortiq davlatdan yuqori martabali mehmonlar iştirok etgan. Aksariyat Ğarb davlatlari Pezeşkiyonni saylovdagi ğalabasi bilan tabriklamadi va inauguratsiya marosimida qatnaşmadi.

Eronda muddatidan oldin prezidentlik saylovlari

Mas’ud Pezeşkiyon özidan oldingi prezident Ibrohim Raisiy aviahalokatda halok bölgani sababli ötkazilgan navbatdan taşqari saylovlardan söng prezident böldi. Islohotçilar nomzodi, sobiq soğliqni saqlaş vaziri Pezeşkiyon umumiy ovozlarning 53,6 foizini qölga kiritdi. Konservator Said Jaliliy 44,3 foiz ovoz oldi.

Saylovoldi kampaniyasi davomida Pezeşkiyon mamlakatda özgarişlarni amalga oşiriş va Eronni xalqaro izolyatsiyadan çiqariş niyatida ekanligini bir neça bor takrorlagan. Bunga erişiş uçun u yangi taşqi siyosatni va’da qildi. U AQŞ bilan munosabatlarni yaxşilaş va ayollar erkinligi tarafdori. Şu bilan birga, Pezeşkiyon Eronda sönggi sözni aytadigan Eronning oliy yetakçisi oyatulloh Ali Xomanaiyga sodiqligini ta’kidlaydi.

Taşqi siyosatning ayrim jabhalarida yangi prezident özidan oldingi prezident yönalişini saqlab qoladi. Pezeşkiyon saylovoldi taşviqoti davomida Eronning aprel oyida Isroilga raketa va uçuvçisiz uçoqlar bilan bergan zarbasini qöllab-quvvatlagan. Isroilning HAMAS harakatiga qarşi uruşida yangi prezident hamasçilar tomonida. U HAMAS harakatini yanada qöllab-quvvatlaşga va’da berdi.