2024 yilgi Parij Olimpiadasi sovrindorlari 100 dan ortiq medallarni Taşkiliy qömitaga qaytarib berdi. Ular nuqsonli bölib çiqdi, deb yozdi La Lettre.
Qayd qilinişiça, Olimpiya va Paralimpiya öyinlari sovrindorlari nuqsonli medallardan voz keçgan. Xalqaro olimpiya qömitasi barça nuqsonli medallar almaştirilişiga işontirmoqda.
Avvalroq Parij öyinlari sovrindorlari medallarning yuqori qatlami şilinib ketayotganidan ijtimoiy tarmoqlarda şikoyat qilgan edi. Bunga Parij zarbxonasi tomonidan medallarni tayyorlaşda foydalanilgan sifatsiz lak sabab böldi, deb yozdi La Lettre.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi regulyatori lak tarkibiga kiruvçi xrom trioksidini taqiqlagan edi. Biroq, işlab çiqaruvçilar qisqa vaqt içida uning örnini bosuvçi moddani topolmagan. Oqibatda, bundan Parij Olimpiadasi medallari «jabrlangan».
Naşrning ta’kidlaşiça, mojaro tufayli zarbxonaning işlab çiqariş va sifat böyiça uç nafar top-menejeri işsiz qolgan.












