Xitoy milliy jamoasi Parij-2024 Paralimpiya öyinlarida muddatidan avval ğalaba qozondi.
Terma jamoa sportçilari 201 ta medal, jumladan, 90 ta oltin, 66 ta kumuş va 45 ta bronza medalini qölga kiritdi. Ikkinçi örinni 110 ta medal – 45 ta oltin, 38 ta kumuş va 27 ta bronzaga ega Britaniya terma jamoasi egallab turibdi. Musobaqa 8 sentabr kuni yakunlansa-da, britaniyaliklar Xitoyga yetib oliş imkoniyatiga ega emas.

Xitoy terma jamoasi 2004, 2008, 2012, 2016 va 2021 yillarda ham Paralimpiya öyinlarida ğolib çiqqan. Avvalgi öyinlarda xitoylik sportçilar 96 ta oltin, 60 ta kumuş va 51 ta bronza medalini qölga kiritgan edi.











