Tehrondagi suiqasdda halok bölgan Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyaning dafn marosimi oldidan Dohada kuçaytirilgan çoralar körildi.
Hamad xalqaro aeroportida tundan beri poytaxtga turli davlatlardan vakillar kelişi sababli uzun navbatlar kuzatilmoqda.
Dohadagi bir qator köça va şohköçalar transport harakati uçun yopilgan, juma namozi va janoza marosimi böladigan Muhammad bin Abdulvahhob masjidi atrofida xavfsizlik çoralari kuçaytirilgan.
Masjid atrofiga köplab mahalliy va xorijiy matbuot vakillari ham töplangan.
Ismoil Haniyaning jasadi juma namozi va vidolaşuv marosimidan keyin dafn etiladi.
Tehronda HAMAS yetakçisining öldirilişi
Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya Eron yangi saylangan prezidenti Mas’ud Pezeşkiyon inauguratsiya marosimida iştirok etiş uçun Tehronga kelgandi.
Islom inqilobi muhofizlari korpusi 31 iyul kuni ertalab Eron poytaxtida Ismoil Haniya qarorgohiga zarba berilgani haqida ma’lumot tarqatdi.
Eron va HAMAS Isroilni qotillikni uyuştirganlikda aybladi. Biroq Isroil rasmiylari voqeaga izoh berişdan özlarini tiyib turibdi.
Ismoil Haniya 2017 yil 6 may kuni HAMAS siyosiy byurosi rahbari etib saylangan edi. U bu lavozimda Xolid Maşaal örnini egalladi.












