Kelişuv dastlab 30 iyul kuni keçqurun AQŞ prezidenti Donald Tramp tomonidan e’lon qilindi. Bu Tinçlik kengaşi va vositaçi davlatlar sulhning keyingi bosqiçi uçun yöl xaritasi yakunlaganini ma’lum qilgaç yuz berdi.

«Bugun Tinçlik kengaşi Hamas va Ğazodagi barça boşqa qurolli guruhlarni TÖLIQ QUROLSIZLANTIRIŞ böyiça TARIXIY kelişuvga erişdi. Bu barqaror TINÇLIK va XAVFSIZLIK sari qöyilgan ulkan qadamdir», deb yozdi Tramp.

Tramp kelişuv bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişini va qurolsizlaniş jarayoni rivojlangani sari Isroil qöşinlari olib çiqib ketilişini aytdi. «Kelişuv ehtiyotkorlik bilan tuzilgan bosqiçlarda amalga oşiriladi. Qurolsizlaniş yakunlangaç, Isroil kuçlari olib çiqiladi va Xalqaro barqarorlaştiriş kuçlari …yangi Falastin politsiya kuçlari bilan birgalikda işlaydi», deb yozgan u.

Al Jazeera'ning yozişiça, ikkinçi bosqiçda şartlarga rioya qilinişini ta’minlaşga qaratilgan muzokaralar uçun Misr – AQŞ, Qatar va Turkiya vakillariga mezbonlik qiladi.

Qurolsizlaniş bosqiçlari

Qurolsizlaniş böyiça rejada quyidagilar belgilangan:

HAMAS qurollarini röyxatga oliş jadvali 14 kun içida tayyorlanişi kerak. Muddatni uzaytirişga faqat xalqaro tekşiruv komissiyasi va barça iştirokçi tomonlar rozi bölgandagina ruxsat beriladi.

Falastin Milliy Qömitasi xatlov va saqlaş jarayonini nazorat qiladi hamda amalga oşiradi. U Falastin guruhlari iştirokida Ğazoda qurollarni uşlab turuvçi, saqlovçi yoki nazorat qiluvçi yagona organga aylanadi.

2026-07-31 22.34.38
Foto: Reuters

Isroilga yoki falastinlik bölmagan boşqa tomonlarga heç qanday qurol topşirilmaydi.

Xalqaro tekşiruv komissiyasi, xalqaro kuçlar va yangi Falastin politsiyasi Isroil qöşinlarining belgilangan çiziqlarga bosqiçma-bosqiç olib çiqilişi fonida qurolsizlanişni nazorat qiladi.