16-avgust, yakşanba kuni bölib ötgan uçraşuv haqida Axios naşri va AFP agentligi bir-biridan mustaqil ravişda öz manbalariga tayanib xabar berdi.

Axios ma’lumotlariga köra, Kuşner va HAMAS vakillari örtasidagi muzokara qariyb 90 daqiqa davom etgan. Manbalar suhbatni «juda samarali» deb baholagan. Asosiy masala HAMASning qurolsizlaniş böyiça öz zimmasiga olgan majburiyatlarini amalda bajarişiga qaratilgan.

Naşr suhbatdoşining aytişiça, HAMAS rahbarlari Kuşnerdan Donald Trampga harakat avval erişilgan kelişuvlarga sodiq qolişini yetkazişni söragan.

AQŞ tomoni bu pozitsiyani olqişlagan, biroq Vaşingtonga faqat bayonotlar emas, balki amaliy harakatlar kerakligini ta’kidlagan.

«Biz aniq sa’y-harakatlarni körişni istaymiz, faqat sözlarni emas», degan manba muzokaralardagi AQŞ pozitsiyasini izohlar ekan.

Manbaga köra, Kuşner uçun HAMAS rahbarlarining bu majburiyatlarni şaxsan öz zimmasiga olişi muhim bölgan. U HAMAS vakillariga, agar ular Isroil tomonidan ham kelişuvda közda tutilgan çoralar amalga oşirilişini istasa, qurolsizlaniş yölida konkret qadamlar taşlaşi kerakligini bildirgan.

Uçraşuvda kimlar qatnaşdi?

Axios ma’lumotiga köra, muzokaralarda «Tinçlik kengaşi» boş direktori Nikolay Mladenov, Buyuk Britaniyaning sobiq boş vaziri va kengaş a’zosi Toni Bler, şuningdek, kengaşning katta maslahatçilari Are Laytstoun va Liran Tankman iştirok etgan.

HAMAS tomonidan harakat siyosiy byurosi rahbari Xalil al-Hayya qatnaşgan. Uçraşuvda Misr Umumiy razvedka boşqarmasi rahbari Hasan Raşad, Qatar diplomati Ali al-Tavadi va ismi oşkor etilmagan yuqori martabali turkiyalik amaldor ham bölgan.

Muzokaralarda qurolsizlaniş tuşunçasi faqat qurollarni topşiriş bilan çeklanmasligi qayd etilgan. Axios manbasiga köra, HAMASdan Ğazo sektoridagi boşqaruv vakolatlarini Falastin texnokratik hukumatiga topşiriş va kelajakda sektor boşqaruvida heç qanday rol öynamasligini kafolatlaş ham kutilmoqda.

Kuşner Isroilga boradi

17-avgust kuni Jared Kuşnerning Isroilga taşrif buyurişi va mamlakat boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan uçraşişi kutilmoqda. Axios yozişiça, muzokaralarda HAMASdan talab qilinayotgan çoralarga javoban Isroil tomoni amalga oşirişi mumkin bölgan «tegişli qadamlar» muhokama qilinadi.