Germaniya kansleri Olaf Şols Kyoln/Bonn aeroportiga yetib kelgan Rossiya va Belarusdan sobiq siyosiy mahbuslar bilan «batafsil» suhbatlaşdi va bu muloqotdan juda ta’sirlandi. Bu haqda Şolsning özi 2 avgust, payşanbadan jumaga ötar keçasi Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Ğarb davlatlari örtasida sovuq uruşdan keyingi eng yirik siyosiy mahbuslar almaşinuvi munosabati bilan taşkil etilgan ikkinçi matbuot bayonotida gapirdi.

Uning sözlariga köra, sobiq mahbuslarning Germaniyaga kirişi bilan boğliq barça rasmiyatçiliklar allaqaçon hal qilingan va «yaqin kunlarda kelganlarni soğlomlaştiriş va barça zarur yordamni körsatiş haqida gaplaşamiz». 

Rossiyadan kelgan sobiq mahbuslarning köpçiligi «hozir nima bölganiga işonmayapti» va ular hali ham kutilmaganda ozod bölganidan hayratda, dedi Şols. 

«Ularning köplari nafaqat soğliği, balki hayotlari uçun ham xavotirda edi - va buni aniq aytiş kerak - şuning uçun biz ularni bu yerda himoya qilişimiz juda muhim», deya qöşimça qildi u.

Şu bilan birga, Germaniya hukumati rahbari bir qator Yevropa davlatlariga, xususan, Sloveniyaga, şuningdek, AQŞga almaşiş amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlangani uçun minnatdorlik bildirdi. Sloveniyada rossiyalik Artem va Anna Dulsevlar josuslikda ayblanib, 1 yil 7 oyga qamaldi. Almaşiş doirasida ular Rossiya Federatsiyasiga qaytişdi. 

Almaşiş «töğri qaror» edi

Olaf Şols öz nutqida çeçenistonlik sobiq dala qömondoni Zelimxon Xanqoşvilini öldirganlikda ayblanib, Germaniyada umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan rossiyalik Vadim Krasikovning ozod etilişi mavzusiga aniq töxtalmagan holda şunday dedi: «Men buni töğri qaror deb hisoblayman va agar kimda şubha bölsa, ular endi ozod bölganlar bilan muloqot qilgandan keyin yöq bölib ketadi. Çunki ular demokratiyani himoya qilganlar va boşqalarning himoyasiga tayanişi mumkin, bu bizning demokratik, insonparvar jamiyat sifatidagi tuşunçamizning bir qismidir». 

Şols «bugungi kunda Rossiya qamoqxonalarida bölgan va öz ozodligi, hayoti va soğliği uçun taşvişlanişga majbur bölgan»larga ham ozodlik yölini topişlarini tiladi. «Har qanday holatda ham biz demokratiya va erkinlik uçun kuraşni davom ettiramiz, mamlakat va millat sifatida qarzdormiz», deya Olaf Şols öz bayonotini şu sözlar bilan yakunladi.