Eslatib ötamiz, şu yilning 20 iyulida Transport vazirligi Urganç xalqaro aeroportining uçiş-qöniş yölagi kapital ta’mirlanişi bois vaqtinçalik öz faoliyatini töxtatişini e’lon qilgan edi. Ta’mirlaş işlari olib boriş davrida barça reyslar Nukus xalqaro aeroportiga yönaltirilgan va yölovçilar uçun Nukus va Urganç aeroportlari örtasida avtobus transferi taşkillaştirilgan edi.
«Ikki hafta içida ulkan iş hajmi amalga oşirilganini qayd etiş zarur. Xususan, uzunligi 3000 metr, kengligi 45 metr bölgan uçiş-qöniş yölagi qoplamasi töliq almaştirilib, mustahkamlandi, şuningdek, ikkinçi va uçinçi yuriş yölaklari kapital ta’mirlandi. Bu aeroportga Boeing 787 va Airbus A330 singari keng fyuzelajli samolyotlarni çeklovlarsiz qabul qiliş, öz navbatida Urganç şahriga reyslar soni hamda yölovçilar oqimini oşiriş imkoniyatini yaratadi», — deyiladi Uzbekistan Airports xabarida.
Sönggi marta Urganç aeroportining uçiş-qöniş yölagi 1997 yilda kapital ta’mirni boşdan keçirgan, şikastlangan uçastkalarning qisman ta’miri esa 2018 yilda amalga oşirilgan edi.







