Unga köra, eng qimmat palov Toşkent şahrida sotilgan bölib, bir porsiyasi 30 400 söm bölgan. Undan keyingi örinlardan Buxoro (29 000 söm) va Xorazm (28 300 söm) viloyatlari joy olgan. Eng arzon oş esa Namangan viloyatida – 1 porsiyasi 20 000 sömdan sotilgan.

Hududlardagi oş markazlarida sotilayotgan palovning bir porsiyasi uçun örtaça narxlari quyidagiça bölgan: 

  • Qoraqalpoğiston R. – 24 300 söm
  • Andijon viloyati – 25 800 söm
  • Buxoro viloyati – 29 000 söm
  • Jizzax viloyati –26 100 söm
  • Qaşqadaryo viloyati – 28 100 söm
  • Navoiy viloyati – 24 600 söm
  • Namangan viloyati – 20 000 söm
  • Samarqand viloyati – 27 800 söm
  • Surxondaryo viloyati – 27 100 söm
  • Sirdaryo viloyati – 23 600 söm
  • Toşkent viloyati – 25 700 söm
  • Farğona viloyati – 23 800 söm
  • Xorazm viloyati – 28 300 söm
  • Toşkent şahri – 30 400 söm

“Narxlarni röyxatga oluvçi tomonidan kuzatuv ötkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar özgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning şakllanişi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlaniş muassasalari (Oş markazlari)dagi palovning örtaça narxlari hisobga olingan bölib, restoran va çoyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan”, deyiladi xabarda.