Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2026-yil iyul oyida 1 kilogramm palov tayyorlaşning eng yuqori şartli qiymati Toşkent şahrida qayd etildi. Poytaxtda palov uçun zarur mahsulotlar qiymati 128 ming 730 sömni taşkil qildi.
Hududlar kesimida keyingi örinlarda Farğona viloyati (125 ming 283 söm), Toşkent viloyati (122 ming 346 söm) va Samarqand viloyati (122 ming 320 söm) qayd etilgan.
Eng past qiymat esa Qoraqalpoğiston Respublikasida kuzatilgan bölib, u yerda bir kilogramm palov tayyorlaş uçun 107 ming 396 söm talab etiladi. Şuningdek, Sirdaryo viloyatida bu körsatkiç 113 ming 707 söm, Andijon viloyatida esa 116 ming 554 sömni taşkil etgan.
Hisob-kitoblar kungaboqar yoği, piyoz, mol göşti, sabzi, lazer guruçi, nöxat, zira va oş tuzi kabi mahsulotlarning örtaça narxlari asosida amalga oşirilgan.
Milliy statistika qömitasi ta’kidlaşiça, mazkur hisob-kitoblar palov tayyorlaş uçun zarur mahsulotlar qiymatini aks ettiradi. Ular hududlarda tayyor holda sotilayotgan bir kilogramm palovning bozor yoki umumiy ovqatlaniş şoxobçalaridagi narxini anglatmaydi.

















