Dunyodagi eng yirik A23a aysbergi bilan kutilmagan holat yuz berdi. Mana bir neça oydirku u Antarktida şimolidagi joyida aylanmoqda, aslida esa ulkan muz bölagi eng kuçli okean oqimi orqali harakatlanişi kerak edi.

Olimlarning sözlariga köra, maydoni böyiça Katta Londondan ikki barobar katta muz bölagi aylanuvçi ulkan suv silindriga tuşib qolgan. Okeanologlar mazkur holatni «Teylor ustuni» deb ataydi va A23a yana bir neça yil uşbu «asirlikdan» qutula olmasligi mumkin.

«Odatda aysberglarga vaqtga boğliq obektlar sifatida qaraymiz: ular parçalanib, erib ketadi. Ammo bunisi emas. A23a — bu yöqolib ketişni istamayotgan aysbergdir», — deydi professor Mark Brendon.

Aysberg Antarktida sohillaridan 1986 yilda ajralib çiqqan, biroq köp ötmay Veddell dengiziga «tiqilib qolgan». Öttiz yil davomida u statik «muz oroli» sifatida turdi, joyidan qimirlamadi. 2020 yilga kelib u yana harakatlanişni boşladi. Aprel boşlarida A23a Antarktidaning sirkumpolyar oqimiga kirib qoldi — bu Yer yuzidagi barça daryolarda oqadigan suvdan yuz barobar köproq suvni aylantiradigan ulkan kuç hisoblanadi.

Natijada oğirligi trillion tonnaga yaqin bölgan aysberg Janubiy Atlantikaga suzib borişi kerak edi. Buning örniga A23a bir joyda qotib qoldi. U Janubiy Orkney orollari şimolida qolib, kuniga soat strelkasiga qarşi taxminan 15 darajaga burilmoqda.