Dunyo yana yadro qurolidan foydalanişning haqiqiy tahdidiga duç keldi. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkiloti boş kotibi Antoniu Guterriş Hirosima va Nagasakiga atom bombasi taşlanganining 79 yilligiga bağişlangan murojaatida ma’lum qildi.

«Yadro quroli va undan foydalaniş tahdidlari faqat tarix kitoblari sahifalarida qolib ketmadi. Bunday kundalik ritorika xalqaro munosabatlardagi vaziyat fonida yana özini namoyon qilmoqda», — dedi Butunjahon taşkiloti rahbari. 

Guterriş yadro uruşida ğolib bölişi mumkin emasligini va uni heç qanday şaroitda boşlaş kerak emasligini ta’kidladi.

Unga köra, bir qator davlatlar ogohlantirişlarga qaramay, yadro qurolidan foydalaniş bilan tahdid qilişda davom etmoqda. BMT boş kotibi jahon hamjamiyati bunday nomaqbul xatti-harakatlarni qoralaşi kerakligini aytib ötdi.

1945 yil avgust oyida Hirosima va Nagasaki şaharlariga Amerika tomonidan atom bombasi taşlanişi oqibatida deyarli 210 ming kişi qurboni bölgan.