Birlaşgan Millatlar Taşkilotining (BMT) Inson huquqlari böyiça oliy komissari Folker Turk Yaqin Şarqda kengroq töqnaşuv xavfi ortib borayotganidan çuqur xavotir bildirdi va xavfli vaziyatni bartaraf etiş uçun tomonlarni «şoşilinç harakat» qilişga çaqirdi.
Turk Yaqin Şarqda keskinlikning kuçayişi bilan boğliq yozma bayonot berdi.
«Yaqin Şarqda kengroq mojarolar xavfi ortib borayotganidan çuqur xavotirdaman», dedi Turk. U nufuzli davlatlar va barça tomonlarni öta xavfli vaziyatga aylangan vaziyatni bartaraf etiş uçun şoşilinç çoralar körişga çaqirdi.
Turkning aytişiça, inson huquqlari va tinç aholining himoyasi birinçi örinda turişi kerak.
Oxirgi 10 oy içida mintaqada sodir etilgan bombali va qurolli hujumlar natijasida tinç aholi, asosan ayollar va bolalar çidab bölmas oğriq va azob-uqubatlarni boşdan keçirayotganini ta’kidlagan Turk: «Vaziyatning yanada yomonlaşişiga yöl qöymaslik uçun hamma narsani qiliş kerak. U tinç aholi uçun dahşatli oqibatlarga olib kelişi mumkin», dedi.













