Deputatlikdan voz keçgan Doniyor Ğaniyev, bosqiçma-bosqiç tugatiladigan davlat monopoliyasi, Obodonlaştiriş boşqarmasi tasarrufiga ötkazilgan içki yöllar, ozodlikdan mahrum qilingan yana bir “köça guruhi” — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Davlat monopoliyasi bosqiçma-bosqiç tugatiladi
Qisqa muddatli mehnat ta’tilidan qaytgan prezident Şavkat Mirziyoyevga Raqobatni rivojlantiriş konsepsiyasi taqdim etildi.
Unda iqtisodiyotda davlat iştirokini kamaytiriş, bozorga kirişni erkinlaştiriş, tadbirkorlarga teng şaroitlar yaratiş böyiça navbatdagi qadamlar belgilangan.
Xususan, tadbirkorlik sub’yektlarining bozorlarga erkin kirişini qiyinlaştiruvçi normativ-huquqiy moddalar va ortiqça talablar bekor qilinadi.
Tabiiy monopoliya sohalari bilan özaro boğlangan va raqobatni rivojlantiriş imkoniyati bölgan tovar bozorlarida tabiiy monopoliya sub’yektlari iştiroki çeklanadi.
Töğridan töğri amalga oşiriladigan davlat xaridlari kölami qisqartirilib, davlat xaridlari raqobatli usullarga töliq ötkaziladi. Raqobatni çeklovçi individual xususiyatga ega davlat yordami, şu jumladan, eksklyuziv huquq, imtiyoz, preferensiya va yengilliklar bekor qilinadi.
Energetika, neft-gaz, suv xöjaligi, yöl qurilişi, temiryöl va aeroport xizmatlari kabi qator sohalarda 17 turdagi davlat monopoliyasini bosqiçma-bosqiç tugatiş çoralari köriladi.
Içki yöllar obodonlaştiriş boşqarmasiga ötadi
Prezident içki yöllarni saqlaş va ta’mirlaşga oid takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Prezident taklifiga köra, Obodonlaştiriş boşqarmalarida içki yöllarni saqlaş xizmati taşkil qilinadigan, ular 4 turdagi maxsus texnika bilan ta’minlanadigan böldi. Buning uçun budjetdan tegişli mablağ ajratiladi.
Ayni paytda Özbekistonda jami 184 ming 582 km avtomobil yölidan qariyb 142 ming kilometri içki xöjalik yöllaridir. Ammo mahalliy yöllarni saqlaşga mas’ul tizim yöq. Çunki Avtomobil yöllari qömitasi davlat va xalqaro ahamiyatdagi yöl va köpriklar bilan şuğullanadi. Içki yöl va köpriklar esa mahalliy hokimliklar balansida.
Hozirgi kunda 43 ming km içki yöllar ta’mirtalab holatda, 2354 ta köprikning «egasi» aniq emas.
Mutasaddilarga içki yöllarni saqlaş va ta’mirlaşni moliyalaştiriş böyiça yangi mexanizmlarni joriy etiş yuzasidan körsatma berildi.
Eng yaxşi deputat öz vakolatini topşirdi
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi eng “jonli” deputat Doniyor Ğaniyev öz deputatlik faoliyatini yakunladi. U Vazirlar Mahkamasi tizimidagi boşqa işga ötgan.
Doniyor Ğaniyev deputatlik mandatini tugatişga, yangi saylovlarda nomzodini ilgari surmaslikka qaror qildi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
«Garçi deputat sifatida samarali faoliyat olib bordim, deb öylasam-da, bu faoliyatda davom etiş özim uçun ham, saylovçilar uçun ham manfaatli bölmasligini tuşunib yetdim. Menimça, hayotimda özgarişlar qiliş, yangi çellenj va imkoniyatlarni qarşi olişning ayni vaqti», — deya qayd etgan u saylovçilarga va uni kuzatuvçilarga işonç uçun taşakkur bildirgan.
Doniyor Ğaniyev Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, eksport, savdo, qişloq va suv xöjaligi masalalari kotibiyati Investitsiya loyihalarining amalga oşirilişini monitoring qiliş bölimi boşliği örinbosari lavozimiga tayinlangani töğrisida xabar berilgan.
Yana bir “köça guruhi” qamaldi
Saidahmadxon Mahmudxöjayev sud hukmi bilan 11 yil ozodlikdan mahrum qilindi. U bilan sudlangan yana 8 kişi turli muddatlarga ozodlikni çeklaş va ozodlikdan mahrum qiliş jazolariga tortilgan.
Sud hukmida keltirilişiça, sudlanganlar asosan tovlamaçilik, bosqinçilik, zörlik işlatib, ğayriqonuniy ravişda ozodlikdan mahrum qiliş, giyohvand moddalar bilan boğliq jinoyatlarni sodir etgan.
Jumladan, Saidahmadxon Mahmudxöjayev köp miqdorda tovlamaçilik, özboşimçalik, köp miqdorda giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni ötkaziş maqsadini közlamay, qonunga xilof ravişda tayyorlaş, saqlaş, egallaş, taşiş yoki jönatiş nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilgan. Unga 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Treyderçilarning navbatdagi qurboni
Namanganda soxta treyderçiga işongan ayol qariyb 100 mln sömga çuv tuşdi.
Firibgarlikda gumonlanayotgan şaxs jabrlanuvçi ayol bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali gaplaşib, treyderlik faoliyati bilan şuğullanişini aytgan. Söngra unga pullarini birja orqali oz fursatda köpaytirib berişni va’da qilib, 92 mln sömini ötkazib olişga erişgan.
Ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Namangan viloyatida yaşovçi, muqaddam firibgarlik jinoyati bilan sudlangan R.N. sodir etgani aniqlangan.
U aldov yöli bilan jabrlanuvçining 92 mln söm miqdordagi pulini ötkazib olişga erişib, bergan va’dasini bajarmasdan, pullarni öz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Holat yuzasidan R.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.










