Toşkent viloyati, Olmaliq şahridagi maktabda 10-sinf öquvçisi bölgan qiz vafot etdi. Ta’kidlanişiça, öquvçi kuçli stress oqibatida hosil bölgan tromb sababli dunyodan köz yumgan. Mehnat migratsiyasida vafot etgan şaxsning jasadini qaytariş xarajatlari davlat hisobidan qoplanişi belgilandi. Tadbirkorga norasmiy bandlikni bartaraf etiş böyiça 1 oy muhlat beriladi. Temiryöl va metroda xavfsizlik qoidalarini buzganlik uçun jarimalar belgilandi. Ikki özbek grossmeysteri mukofot pullari böyiça dunyo öntaligiga kirdi. Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.

Olmaliqdagi maktabda 10-sinf öquvçisi vafot etdi

Toşkent viloyati, Olmaliq şahrida joylaşgan maktabda 10-sinf öquvçisi bölgan qiz vafot etdi. Sukut Saqlama (NeMolchi.uz) loyihasining ta’kidlaşiça, öquvçi kuçli stress oqibatida hosil bölgan tromb sababli dunyodan köz yumgan.

Stressga içki işlar xodimlari iştirokida ötkazilgan yiğiliş sabab bölgani aytilmoqda. Uşbu yiğilişni maktab ota-onalar qömitasi vakili boşqa bir öquvçi qizni himoya qiliş maqsadida taşkil qilgan. Xonada asosan erkaklar bölgan. Qiz suhbatga çaqirilganda juda kuçli stressni boşidan ötkazgani ta’kidlanmoqda.

Ayni paytda huquq-tartibot organlari tomonidan hodisa yuzasidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

Mehnat migratsiyasida vafot etgan şaxsning jasadini qaytariş xarajatlari davlat hisobidan qoplanişi belgilandi

Mehnat migratsiyasida vafot etgan şaxsning jasadini Özbekistonga olib keliş xarajatlari Migratsiya jamğarmasi tomonidan qoplanadi. Bu haqda «Dafn etiş va dafn işi töğrisida»gi qonunga qöşimça norma 7 fevral kuni kiritildi.

Unga köra, mehnat migratsiyasida bölgan davrda vafot etgan Özbekiston fuqarolarining jasadini olib kelişni taşkil etiş bilan boğliq xarajatlar endi Migratsiya jamğarmasi mablağlari hisobidan qoplanadi. Mablağlar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi orqali qonunçilikda belgilangan tartibda ajratiladi.