Farğonada yangi IT-park, Marğilonda xalqaro IT oliygohi işga tuşiriladi. Yöllarda foto va videoqayd orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar röyxati belgilandi. Qamrovi past hududlarda xususiy boğçalarga yangi imtiyozlar beriladi. Yöl harakatida ayrim huquqbuzarliklar uçun ma’muriy ogohlantiriş joriy etiladi. Islomiy bank faoliyatining joriy etilişiga oid qonun Senatda ma’qullandi. Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.

Farğonada yangi IT-park, Marğilonda xalqaro IT oliygohi işga tuşiriladi

Prezident Şavkat Mirziyoyev 4 fevral kuni Farğona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça amalga oşirilişi lozim bölgan ustuvor vazifalar yuzasidan yiğiliş ötkazdi. Islohotlar natijadorligi va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Axborot texnologiyalari sohasida Farğona viloyati iqtisodiyotining muhim drayveri sifatida IT yönalişini jadal rivojlantiriş rejalaştirilgan.

Viloyatda 139 ta IT-park rezidenti faoliyat yuritmoqda. Joriy yilda axborot texnologiyalari xizmatlarining hajmini 3,5 trillion sömga, eksportni esa 30 million dollarga yetkaziş maqsad qilingan. Farğona şahrida yangi IT-park va majmuasi, Marğilon şahrida xalqaro IT oliygohi, şuningdek, Farğona şahrida «Muhammad al-Xorazmiy vorislari» loyihasini işga tuşiriş rejalaştirilgan.

Foto va videoqayd orqali aniqlanadigan huquqbuzarliklar röyxati belgilandi

Maxsus avtomatlaştirilgan foto va video texnika vositalari orqali qayd etiladigan ma’muriy huquqbuzarliklarning qat’iy röyxati tasdiqlandi.

Yangi tartibga köra, foto va videoqayd qurilmalari orqali quyidagi huquqbuzarliklar qayd etiladi:

  • xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalariga rioya etmaslik;
  • transport vositasini boşqariş vaqtida telefondan foydalaniş;
  • belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kmdan köp bölmagan miqdorda oşiriş;