Özbekiston Harbiy-havo kuçlari C-390 samolyotlariga ega böladi, Rossiyadagi bayramga iqtidorli öquvçilar qolib, amaldorlarning farzandlari bordi, Aviator’dagi yonğindan keyin Toşkentda savdo markazlari xavfsizligi tekşiriladigan böldi. Kunning şu va boşqa muhim xabarlari bilan Kun tafsiloti dasturida taniştiramiz.

Özbekiston Harbiy-havo kuçlari C-390 samolyotlariga ega böladi

Braziliyaning Embraer kompaniyasi 3 fevral kuni Singapurdagi aviasalonda Özbekiston Respublikasi C-390 Millennium transport samolyotining buyurtmaçisi ekanini e’lon qildi.

Ta’kidlanişiça, Özbekiston Harbiy-havo kuçlari C-390 samolyotlaridan asosan transport va gumanitar missiyalarda foydalanadi va uşbu samolyotni ekspluatatsiya qiladigan Markaziy Osiyodagi birinçi davlatga aylanadi.

XXI asrda loyihalaştirilgan C-390 Millennium öz sinfidagi eng zamonaviy harbiy transport samolyoti bölib, boşqa örta ölçamli harbiy transport samolyotlariga qaraganda köproq foydali yukni (26 tonna) kötara oladi, tezroq (470 uzel) va uzoq masofalarga uça oladi.

Rossiyadagi bayramga iqtidorli öquvçilar qolib, amaldorlarning farzandlari bordi

Sankt-Peterburg şahrida har yili ötkaziladigan “Alvon yelkanlar” (“Alyye parusa”) bayramiga borganlar safida Samarqand viloyati Maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi rahbari Muzaffar Hamdamovning 2014 yilda tuğilgan öğli va 2011 yilda tuğilgan jiyani ham bölgan. Şuningdek, boşqarmaning ayrim bölimlari rahbarlari va mas’ul xodimlarining farzandlari ham mazkur safarda iştirok etgani aytilmoqda. Manbaga köra, bu öquvçilarning birortasi xalqaro fan olimpiadalarida iştirok etmagan, hatto ayrimlari tuman yoki şahar bosqiçida ham qatnaşmagan.

Viloyat maktabgaça va maktab ta’limi boşqarmasi bergan izohga köra, ayrim öquvçilarning xorijga çiqiş pasporti vaqtida tayyor bölmagan va ayrimlarining ota-onalari safarga ruxsat bermagani sababli röyxat özgartirilgan. Boşqarma öquvçilar orasida boşliqning öğli va jiyani ham bölganiga munosabat bildirmadi.

Toşkentda savdo markazlari yonğin xavfsizligi böyiça tekşirilmoqda

Favqulodda vaziyatlarning oldini oliş maqsadida Toşkent şahridagi savdo-köngiloçar maskanlarida yonğin xavfsizligi holati tekşirilmoqda.

Profilaktik örganişlar jarayonida avtomatik yonğin öçiriş tizimlari, avtomatik yonğin haqida xabar beriş vositalari, zaxira evakuatsiya yölaklari, yonğin öçiriş içki jömraklari, «Çiqiş» elektron tablolari, şuningdek, birlamçi yonğin öçiriş vositalari va boşqa maxsus inventarlarning mavjudligi hamda işçi holati tekşirilyapti. Mutasaddi taşkilotlar tomonidan aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş böyiça tavsiyalar berilmoqda.

Mahalliy kengaşlar vakolatlari kuçaytirilişi mumkin

Oliy Majlis Qonunçilik palatasida mahalliy kengaşlar faoliyatini takomillaştiriş va ularning hududiy boşqaruvdagi rolini yanada oşirişga qaratilgan qonunçilik taklifi muhokama qilindi.

Taklifga muvofiq, xalq deputatlari mahalliy kengaşi raisi örinbosari institutini joriy etiş nazarda tutilmoqda. Uşbu lavozim egasi bir vaqtning özida kengaş kotibiyati mudiri vazifasini bajaradi hamda kotibiyat xodimlarini lavozimga tayinlaş va lavozimidan ozod qiliş vakolatiga ega böladi.

Şuningdek, mahalliy kengaşlar sessiyalari oraliğida tezkor masalalarni hal etiş maqsadida kengaş rayosati institutini joriy etiş va uning iş faoliyati tartibini belgilaş taklif etildi.

Markaziy Bank tijorat banklari va tölov tizimi operatorlariga kiberhujum sodir etilmaganini ma’lum qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda hakerlar tomonidan kiberhujum amalga oşirilgani hamda Özbekiston fuqarolarining şaxsiy ma’lumotlari tarqalib ketgani haqidagi xabarlar ortidan Markaziy Bank bayonot berdi.

Qayd qilinişiça, hozirgi vaqtda tijorat banklari, tölov taşkilotlari hamda tölov tizimi operatorlarining axborot tizimlariga nisbatan bunday kiberhujum sodir etilmagan.