Aprel «Amir Temur oyligi» deb e’lon qilindi, unda buyuk sarkarda tavalludining 690 yilligini nişonlaş böyiça keng miqyosda tadbirlar ötkaziladi. Senator Abdusaid Köçimov Oliy Majlis Senati yiğilişida sözga çiqib, Özbekiston har qanday taşqi tahdidlarga öz örnida javob qaytarişi lozimligini bildirdi. 1 fevral holatiga köra, mamlakatda ijtimoiy nafaqa oluvçilar soni 715 mingdan oşdi. Xorijiy investorlar kengaşi işçi guruhi yiğilişida vençur va xususiy kapital uçun zamonaviy huquqiy bazani şakllantirişga qaratilgan «Muqobil investitsiya fondlari töğrisida»gi qonun loyihasini işlab çiqiş masalasi körib çiqildi. Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.

Aprel «Amir Temur oyligi» deb e’lon qilindi

Prezident qaroriga köra, Amir Temur tavalludining 690 yilligini nişonlaş böyiça keng miqyosda tadbirlar ötkaziladi.

Qaror bilan har yili aprel «Amir Temur oyligi» deb e’lon qilindi, uning doirasida ta’lim muassasalari va mahallalarda temurşunos olimlar, yozuvçi va san’atkorlar iştirokida uçraşuvlar hamda badiiy-ma’rifiy tadbirlar taşkil etilişi nazarda tutilgan. Şuningdek, 2030 yilgaça möljallangan «yöl xaritasi» tasdiqlanib, unda xalqaro ilmiy konferensiya ötkaziş, «Temur tuzuklari» asarining ilmiy izohli matnini fors, arab, xitoy, ingliz, fransuz, ispan va rus tillarida çop etiş kabi çoralar belgilandi.

«Akillagan layçalar». Senator imperiyaparast çiqişlarga munosabat bildirdi

Oliy Majlis Senatining 5 fevral kuni bölib ötgan yalpi majlisida Milliy axborot agentligi boş direktori, senator Abdusaid Köçimov sözga çiqib, Özbekiston har qanday taşqi tahdidlarga öz örnida javob qaytarişi lozimligini bildirdi.

Senator öz nutqida xalqaro vaziyatga töxtalib, «dunyoda bir-biridan çigil tugunlar köpayib borayotgani, ular orasidan bamisoli bomba kömilgan maydonda yurgandek yuriş naqadar oğirligi, dunyoning bugungi qoidalari keskin özgarib borayotgani, zöravon siyosatçilar, ayrim zöravon arboblar, bamisoli muz ustida raqs tuşayotgan raqqosalar singari bir daqiqadan keyin qaysi tomonga burilişini, qaysi tomonga şox taşlaşini heç kim bilmaydigan bir zamonda yuriş, bu heç birimizni bir daqiqa ham xotirjam bölişga yöl qöymasligi»ni ta’kidladi.